Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekiston elchisi va FAO bosh direktori 2023 yili Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan konferensiyaga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsuy Dunyuy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda 2023 yili Samarqand shahrida FAO bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Tsyuy Dunyuy tadbir yuqori darajadagi muhokamalar maydoniga aylanishidan tashqari, sohaga oid ilmiy va innovatsion yechimlar taqdimot qilinishi, turli mavzularga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi hamda mamlakat qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi salohiyati namoyish qilinishi bilan muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
FAO bosh direktori O‘zbekistonning mintaqada barqaror rivojlanish, hozirgi paytda og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan qo‘shni afg‘on xalqiga insonparvarlik ko‘magini yetkazishdagi hissasini yuqori baholadi.
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Afg‘onistonga xalqaro gumanitar yordam maqsadli yetkazilishini ta’minlash maqsadida Termizda xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi tashkil etilgani hamda buning uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgani FAO rahbarida qiziqish uyg‘otdi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026