«Nahdatul Ulamo» taşkiloti 1926 yilda taşkil etilgan. 2022 yil holatiga köra, taşkilot umumiy a’zolar soni 130 millionga yaqin. Uçraşuvda Zulfa Mustafo Özbekistonning islom sivilizatsiyasi şakllanişidagi örni va ahamiyatini ta’kidladi. U Özbekiston boy tarixiy va madaniy merosi Indoneziya aholisi orasida hurmat va qiziqişga egaligini e’tirof etdi.

«Nahdatul Ulamo» ziyorat turizmini tarğib qilişdagi örni va taşkilotga tegişli sayyohlik agentliklari orasida uşbu yönalişda faoliyat yuritayotgani mavjudligini hisobga olinib, «Özbekiston+ziyorat» va «Özbekiston+Umra» qöşma turpaketlarini işlab çiqişda hamkorlikni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Tomonlar «Nahdatul Ulamo» taşkiloti delegatsiyasining Özbekistonga safarini taşkil etiş böyiça bir töxtamga keldi.