Qaşqadaryo televideniyesida uzatilgan videolavhada xabar berilişiça, 2022 yil 12 oktyabr kuni IIB huquqni himoya qiliş organlari tomonidan Koson tumanida yaşovçi vaqtinça işsiz bölgan fuqaro T.ning köp miqdorda soxta söm kupyuralarini yaşirin ravişda ötkazayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan.
Soxta pullarni muomalaga kiritişning oldini oliş maqsadida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida şartli xaridor fuqaro T. bilan 500 million söm qalbaki pullarni 125 million sömga sotib olişni kelişadi.
Fuqaro şartli xaridorga 300 million söm qalbaki pulni keyinroq yetkazib berişni va’da qilib, qolgan 200 million söm soxta pulni berayotganida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Dastlabki suriştiruvda, soxta pullarni Turdiyevga Koson tumanida yaşovçi ikki nafar şaxs yetkazib bergani aniqlangan. Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, ular ham qölga olingan.
Keyingi suriştiruvlarda bu ikki nafar fuqarolarga soxta pullarni Koson tumanida yaşovçi, 2020 yilda Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topilib qamalgan va ayni damda Qamaşi tumani jazoni ijro etiş koloniyasida jazo muddatini ötayotgan mahbus Ğ. yetkazib bergani aniqlangan.
Olib borilgan suriştiruvlar davomida soxta pul yasovçi şaxs Ğ. foydalangan turli uskuna va maxsus qoğozlar protsessual tarzda rasmiylaştirib olingan.
















