17 oktyabr kuni kechqurun Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 42 barobarga ortib, 212 mkg/m³ga yetdi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston poytaxti bir muddat dunyo bo‘yicha havosi eng iflos shahar bo‘lib turdi.

Toshkent o‘tgan yilning 6 noyabrida ham xuddi shunday statusga “ko‘tarilgandi”. O‘shanda qum bo‘roni ro‘y berib, havodagi PM-2,5 dispers zarralari miqdori 600-700 mkg/m³ni tashkil etgandi.

Havo ifloslanishi – bevaqt o‘limlar demakdir

Havo ifloslanishi sabab dunyoda har yili 6,5 million kishi halok bo‘ladi. Ayniqsa, oxirgi 20 yil ichida raqamlar 2 barobar o‘sgan.

Havoda ifloslanish darajasi ortganda ko‘z qichishishi, nafas qisilishi, nafas olishning qiyinlashishi, nafas olish yo‘llarining qichishishi va yo‘tal kabi ilk belgilar namoyon bo‘la boshlaydi. Bu kabi belgilar boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin. Ammo alomatlar ko‘pchilikda takrorlansa, bu – havoning xavfli ifloslanishidan signal bo‘lish ehtimoli yuqori.

Ifloslanish darajasi qanday aniqlanadi?

“O‘zgidromet” Toshkentning bir nechta nuqtalariga havo sifatini avtomatik monitoring qilib boruvchi stansiyalarni o‘rnatgan. Shuningdek, AQShning Toshkentdagi elchixonasida ham (boshqa ko‘plab davlatlardagi Amerika elchixonalari kabi) havo sifati detektorlari bor.

“O‘zgidromet” stansiyalari qayd etgan ma’lumotlarni monitoring.meteo.uz saytida kuzatib borish mumkin. Shuningdek, Air Quality Index (IQAir) – Havo sifati indeksi portali ham dunyoning yirik shaharlari havosini monitoring qilib boradi va real vaqt rejimidagi reytingni yuritadi. Portal Toshkent shahri bo‘yicha ma’lumotlarni “O‘zgidromet”ning Xalqlar do‘stligi