Qayd etilişiça, mukofotga öz zaminida jang qilayotgan ukrainaliklar ham, qoçqinlar ham, jangovar harakatlar paytida yaqinlarini yöqotganlar ham birdek sazovor bölgan.
2021 yilda rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy, 2020 yilda Belarus muxolifati uşbu mukofot laureati bölgan edi.
Taqdirlaş marosimi 14 dekabr kuni Strasburgda bölib ötadi.
Avvalroq Yevropa xalq partiyasi (YeXP) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakat xalqini Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uçun» mukofotiga nomzod sifatida körsatgan edi.
1988 yilda Yevropa parlamenti tomonidan ta’sis etilgan mukofot vodorod bombasi yaratuvçisi va huquq himoyaçisi Andrey Saxarov nomi bilan atalgan. 1970 yilda u SSSR Inson huquqlari qömitasi asosçilaridan biri böldi. 1975 yilda «odamlar örtasidagi tinçlikning asosiy tamoyillarini qörqmasdan qöllab-quvvatlagani uçun» tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi.
Saxarov mukofoti laureatiga diplom va 50 ming yevro mukofot beriladi.













