Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, Qarşi şahar prokuraturasi tomonidan Qarşi şahar xalq ta’limi bölimi mansabdor şaxslari tomonidan juda köp miqdordagi budjet mablağlarini talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida Qarşi şahar XTB mudiri Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan bölib, hozirda yetkazilgan moddiy zarar qoplangani va qonunçilikda körsatilgan boşqa holatlarni hisobga olgan holda, unga nisbatan garov ehtiyot çorasi qöllangan.
«Tergov harakatlari davomida taraflarning barça vajlari töliq va xolisona körib çiqilib, natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi. Tergov harakatlarining borişi nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
















