Kelajak Toşkenti qanday böladi? Endi “snos”lar unutilib, mahallalar, uylar saqlab qolinadimi?
|01:17 / 21.10.202278 0108 min
18 oktabr kuni Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining boş rejasi loyihasi bilan tanişdi. Prezidentga taqdim qilingan “Hayot laboratoriyasi” nomini olgan loyiha köpçilikda qiziqiş uyğotgani barobarida turli savollarni ham keltirib çiqardi. Yangi Toşkent uçun nega aynan şimoliy hududlar tanlab olingan? Endi Toşkentda qurilişlar, “snos”lar bölmaydimi? Mahallalar taqdiri nima böladi? Umuman, kelajak Toşkenti qanday böladi? Kun.uz uşbu savollarga javob oliş maqsadida “Toşkentboşplanliti” DUKda bölib, bu borada mas’ullardan izoh oldi.
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
Yangi Toşkent uçun nega aynan Çirçiq va Qorasuv daryolari örtasidagi hudud tanlandi?
“U joylar – prezidentimiz tanlagan joy. Yangi Toşkent poytaxtning şimoliy qismida joylaşgan. Şimoliy qismdagi Qibray va Çirçiq tumanlari ança rivojlanib ketgan. Ham manzarali, ham bahavo. Ğarbiy qism esa çegaramizda (tahr. Qozoğiston Respublikasi çegarasi nazarda tutilmoqda). Janubiy-ğarbiy qismi esa boşqa viloyatlarga boğlanadigan yöl”, - deya savolga izoh berdi “Toşkentboşplanliti” DUK, şaharsozlik va ilmiy loyihalar böyiça boş direktor örinbosari Saidazim Şaripov.
“Toşkentboşplanliti” DUK, şaharsozlik va ilmiy loyihalar böyiça boş direktor örinbosari Saidazim Şaripov Foto: Kun.uz
Mas’ul aynan kelajakda quriladigan uşbu manzarali qismdagi 20 ming gektar maydonda “Yaşil koridor” taşkil qilinişi va bu hudud Yangi Toşkentning ma’muriy markazi bölişiga urğu berdi. Uning keltirişiça, bu ma’muriy markazda madaniy va texnologik markazlar, universitetlar, ekspolar barpo etilib, dunyo miqyosida ötkaziladigan har xil tadbirlar uçun şaroitlar yaratiladi. Hozirda qurilişi boşlangan Olimpiya şaharçasi bunga misol qilib keltirildi.
Mavzuga oid
“Ma’muriy markaz” Foto: Kun.uz
“Şahar rivojlanişda davom etib, şu tarzda kengayib boradi. Biz bu hududlarni şaharning davomi emas, Yangi Toşkent deb atayapmiz”, - dedi Saidazim Şaripov.
Mas’ulga köra, hozirgi poytaxt va Yangi Toşkentni bir biri bilan boğlaşda asosiy 3ta öq yönalişlari belgilab olingan. Ya’ni bular tarixiy öq, turistik öq va texnologik öqlar bölib, ular öz yönalişlari böyiça ixtisoslaşgan yönalişlar bölib xizmat qiladi.
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
Endi Toşkent şahrida qurilişlar töxtatiladimi?
“Özi umuman har qaysi şaharni köradigan bölsangiz, şaharlar yangilanib boradi. Eng tarixiy degan şahringiz ham yangi texnologiyalar asosida zamon talabiga köra özgarib boraveradi. Çunki yangi texnologiyalar çiqadi. Yangi imkoniyatlar oçiladi va insonlar ehtiyoji ham zamonga qarab özgaradi. Şaharda quriliş bölmaydi degani bu – u şaharni qulflab, çiqib ketsagina quriliş bölmaydi. Busiz iloji yöq. Şahardagi asosiy qurilişlar yangi şaharga köçadi”, - deydi Saidazim Şaripov.
Uning ta’kidlaşiça, Yangi Toşkentni qilişdan oldin Toşkent şahri örganib çiqilgan.
“Muammolarimiz – ekologiya, dunyodagi iqlim özgarişlari, çang, böron, töfonlarning köpayişi – bu şahar taşqarisidan kirib kelyapti. Şahardan taşqariga çiqib ketmayapti. Ya’ni bu şaharning özining köpayib ketgan muammosi emas. Faqatgina bir faktor qöşilyapti, ya’ni qurilişlarning köpayişi, daraxtlarning kesilişi natijasida çang böronlar şahar içida kuçliroq his qilinyapti”, - dedi mas’ul.
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
Eski mahallalarning taqdiri nima böladi?
Bu savolga Saidazim Şaripov:
— Tarixiy mahallalar haqida juda köp savollar böldi. Poytaxtning Eski şahar hududini borib örganganimizda 50 foiz aholi “Menga kvartira bersin, çiqib ketaman. Menda propiskada şunça odam turadi”, deyişadi. Propiskasini körsangiz, röyxat böyiça 10-15 ta odam turadi va ular uylarining “snos”ga tuşişini kutyapti. Uylarini buzişsa-da, har biriga uy berişsa. Qolgan yarim aholi esa ota-bobolari şu hududda tuğilib ösgani uçun uylari buzilişini istamaydi. Şuning uçun Eski şahar hududidagi bahslarni şunday belgiladik: mayli, xohlagan odam investorga uyini sotsin. Faqat investorga talab qöyiladi, ya’ni u Eski şahar muhitini buzmasligi lozim. Mana şu şart asosida investor xohlagan turdagi binosini qursin, - deya javob berdi.
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
Boşqa mahallalar “snos”ga tuşmaydimi?
Uşbu savolga mas’ul hozirda “snos”ga tuşgan mahalla tuşunçasi yöqligini, buni bozor iqtisodiyoti belgilab berişini, agar uy egasi istamasa, öz uyini investorga sotmasligi mumkinligini ma’lum qildi. Şuningdek, u “snos” mojarolari köpaymasligi uçun quyidagi yeçimlar taklif etilganini ma’lum qildi:
“Biz taqdimotda yöllarni kengaytirişni körsatmadik. Çunki yöllarni kengaytiriş bu – “snos” degani. Buning örniga avtomobillardan foydalanişni kamaytirib, jamoat transportidan foydalaniş qulayliklarini yaratib bersak, odamlar şu hozirgi köçadan ham foydalanaveradi. Muammo kamayadi. Biz aytyapmizki, jamoat transportini rivojlantiraylik, “snos”lar kamaysin. Şunga ketadigan pul infratuzilmani rivojlantirişga işlatilsin. Yölni kengaytirişga ehtiyoj yöq. Biz şunday loyiha qilyapmizki, davlat ham, fuqarolar ham yutsin”, - dedi u.
Ammo mas’ul Yangi Toşkent va Toşkentni boğlovçi yöllar qurilişi baribir birmunça “snos”larga sabab bölişi mumkinligini ham inkor etmaydi. Faqat bunda kompensatsiya kafolati borligini eslatib ötdi.
Toşkent kelajakda qanday şahar böladi?
“Ötgan 4 oydan beri uşbu “Hayot laboratoriyasi” ustida işlayapmiz. Biz bu loyihani 18 oktabr kuni Özbekiston prezidentiga taqdim qildik va loyihamiz hurmatli davlat rahbariga ma’qul böldi. Şuningdek, ular özlarining takliflarini ham berib, “Toşkent 2045 yilda qanday şahar böladi? Uning kelajakdagi nufuzi qanday? Turkiya tajribasini bu yerlarda qanday qilib joriy qila olamiz?” degan savollarni ham örtaga qöydi”, - deydi Yangi Toşkent loyihaçilaridan biri Farrux Göksu.
Farrux Göksu Foto: Kun.uz
Uning ma’lum qilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Toşkent şahri atrofida 130 km uzunlikdagi daraxtzor va barça infratuzilmalarga ega yaşil belboğli yöl taşkil qiliş masalalari ham örtaga qöyilgan. Şuningdek, Özbekistonning boşidan oxirigaça bölgan hududlarida joriy qilinişi mumkin bölgan “Yaşil yöl” loyihasi taqdimoti ham prezidentga ma’qul bölgan.
Öz tajribalari va loyihani amalga oşirişdagi qiyinçiliklarga töxtalarkan:
“Men şu kungaça köp davlatlarda – Angliya, Yevropa davlatlarida işladim. Özbekistondan oldin Kobul şahrida ham mehmonxona qurayotgandik. Ma’lum sabablarga köra, işimizni oxiriga yetkazolmay qoldik. Özbekistondagi kelajak loyihalarini amalga oşiriş uçun turli hujjatlar, ma’lumotlar, eski xaritalar kerak böladi. Hamda barça hokimliklar, tegişli vazirliklar bir yoqadan boş çiqarib birgalikda işlaşlari lozim”, - deydi Farrux Göksu.
“Hayot laboratoriyasi” Foto: Kun.uz
Şu bilan birga tezlik bilan rivojlanayotgan Toşkentning mukammal bir şahar bölişi uçun poytaxt hududidagi barça manzillar haqida barça yönalişlar böyiça ma’lumotlarni özida mujassam etgan “Temir kitob” yaratiş böyiça işlar ham olib borilayotgani ma’lum qilindi.