“Şörxok” qisqa metrajli filmi Aral Dream hamda Turizm va madaniy meros vazirligi taşabbusi bilan suratga olingan. 18 daqiqa davom etadigan film Orolning “közi, yiğlab turgan közi” tasvirini axtarib yurgan fotograf obrazi bilan boşlanadi. Film davomida Orolning tölib turgan, hayot qaynagan keçagi holati va uning bugungi qurib bitgan kuni ramziy obrazlar bilan tasvirlanadi.
Loyihaga turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov mualliflik qilgan, rejissyor – “Issiq non”, “Abdulla Qodiriy” filmlari bilan muxlislarga taniş Umid Hamdamov. Şuningdek, filmni olişda Oybek Abduşukurov, Nikita Makarenko, Muxlisa Azizovalar prodyuserlik qilgan. Boş rollarda fotograf – Erkin Bozorov, Ayimgul momo – Arzixan Naurizova va haydovçi – Alişer Akimov iştirok etgan.
Film premerasi 1 oktyabrda Berlinda “Özbekistonlik” xalqaro forumida ötkazilgan. YouTube’da bu yerda tomoşa qiliş mumkin.












