Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi boş ştab-kvartirasida çiqiş qilib, Orolböyi muammosiga e’tiborni oşiriş taklifini ilgari surgandi. 2020 yilning 23 sentabr kuni davlat rahbari BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasida nutq sözladi hamda global iqlim özgarişlari va Orolböyi hududidagi vaziyatga yana töxtalib ötdi.

Prezident nutqida Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qiliş haqida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etgan edi. 2021 yilning 18 may kuni BMT Boş assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Şavkat Mirziyoyevning taklifiga köra Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qiliş töğrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

2023 yilning 24 mart kuni Saida Mirziyoyeva BMT boş qarorgohida tuzilmaning Suv masalalari böyiça konferensiyasida iştirok etib, Özbekiston nomidan çiqiş qildi. U öz çiqişida dunyo hamjamiyatining e’tiborini yana bir bor Orol fojiasiga qaratdi.

“Suvga möl dengiz faqat Nukus muzeyida osilgan rassomlarning yarqirab, jilvalanib, hayot va erkinlik baxş etuvçi rasmlarida qolgan. U qurib bitgandagina odamlar uning qadriga yetdi. Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga e’tiborsizligi oqibatlari haqida dahşatli eslatmadir. Biroq ğamxör odamlarning sa’y-harakatlari tufayli u yana umid va yangilaniş ramziga aylanmoqda. Mamlakatimiz Orol dengizi qurişining salbiy oqibatlarini bartaraf etiş borasida izçil sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Yigirmançi asrning eng katta ekologik muammolaridan biri bölgan Orol dengizining qurişi mintaqadagi ekologik barqarorlikni butkul izdan çiqarib yuborgani rost. Buni hududdagi yerlar şörlanişi, kasalliklar ortişi kabi turli muammolarda ham köriş mumkin. Şu sababli keyingi yillarda yuzaga kelgan muammolarni hal etiş uçun Orol dengizining qurigan tubida yaşil qoplamalar barpo etişga kirişildi. Va bu öz natijasini bermoqda.