Prezident topşiriğiga binoan 2018 yilning 21-22 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov boşçiligidagi delegatsiya BMT sobiq boş kotibi Pan Gi Mun rahbarlik qilayotgan Yaşil taraqqiyot global instituti va Moslaşuv böyiça global komissiya bilan hamkorlik örnatiş masalalarini muhokama qiliş maqsadida Koreya Respublikasiga taşrif buyurdi.
TIV xabariga köra, Pan Gi Mun bilan Seul şahrida ötkazilgan uçraşuvda Orolböyi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat töğrisida fikr almaşildi. BMT sobiq boş kotibi Orol inqirozining salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş böyiça Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholadi va prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro hamjamiyatning mazkur muammoga diqqatini yanada köproq jalb qiliş va uni yeçiş uçun donorlik yordamlarini safarbar qilişga qaratilgan xalqaro taşabbuslarini qöllab-quvvatladi.
«Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan yaqinda Toşkentda bölib ötgan uçraşuvda keng qamrovli masalalarni, jumladan Orol fojiasi oqibatlariga qarşi kuraşiş uçun xalqaro donorlik hamjamiyatlarining kuç va resurslarini jalb qilişni muhokama qilgan edik. Men Özbekiston rahbarining zakovatiga, yetakçilik sifatlariga va uning mazkur global muammoni hal etiş uçun körsatayotgan jonkuyarligiga lol qoldim. Biz Özbekistonning Yaşil taraqqiyot global instituti va Moslaşuv böyiça global komissiya bilan hamkorlik örnatişga qiziqiş bildirganini qöllab quvvatlaymiz», - deb qayd etdi Pan Gi Mun.
U ötgan oyning söngida Orolböyi masalalari böyiça xalqaro konferensiyada iştirok etiş uçun mamlakatga taşrif buyurgan va prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi.
Mamlakat delegatsiyasi Yaşil taraqqiyot global instituti (GGGI) ştab-kvartirasiga ham taşrif buyurib, mazkur taşkilot faoliyatining asosiy yönalişlari bilan tanişdi. Özbekistonning Koreyadagi Elçixonasi kömagida taşkil etilgan taqdimot çoğida GGGI mutaxassislari Orolböyidagi holat bilan mufassal taniştirildi.
Tadbirda aniq loyihalar asosida, jumladan xalqaro donorlik tuzilmalarining moliyaviy-texnik kömagini jalb qiliş orqali Orol fojiasi hududidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxşilaş böyiça hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Orolböyi hududini tiklaş böyiça loyihalarning taqdimoti yakunida mavjud vaziyatni joyning özida örganiş va taqdim qilingan loyihalarni amaliy jihatdan hayotga tatbiq qiliş uçun GGGI mutaxassislarining mamlakatga taşrifini taşkillaştiriş töğrisida kelişuvga erişilgan.













