Qarşi şahrining sobiq hokimi Jamşid Fozilov korrupsion jinoyatda gumonlanmoqda. Ma’lum bölişiça, u avvaliga qamoqqa olingan, lekin sud uni ehtiyot çorasi sifatida qamoqda uşlab turiş böyiça prokuraturaning iltimosnomasini rad etgan va gumonlanuvçini uy qamoğiga yuborgan.
Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi axborotiga köra, Jamşid Fozilov 2016 yil 9 iyuldan 2019 yil 26 oktyabrgaça Qarşi şahar hokimi lavozimida bölgan. Bu vaqt mobaynida u mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, yerlarni noqonuniy berib yuborişda gumonlanyapti.
Ma’lum qilinişiça, sobiq amaldor Qarşi şahar hokimligi huzuridagi Yer uçastkalarini egalik qilişga, foydalanişga va ijaraga beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiqiş böyiça doimiy komissiyasi a’zolari – şahar hokimining quriliş böyiça örinbosari U.Avazov, şahar hokimligi boş yuriskonsulti Ş.Buxarov, şahar boş arxitektori Ş.Böronov, Davlat kadastrlari palatasi Qarşi şahar filiali boşliği M.Xuşov va boşqalar bilan Qarşi şahri hududidagi yer maydonlari va boşqa infratuzilma obektlarini noqonuniy ravişda soxta hujjatlar asosida beriş haqida oldindan jinoiy til biriktirgan bölişi mumkin.
Natijada 2018-2019 yillar davomida 54 ta holatda umumiy qiymati 60 mlrd 512 mln bölgan jami 463.212,13 m2 yer uçastkalari jinoiy guruh a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasining öz kuçini yöqotgan qarorlariga yoki qaror qabul qilişda asos bölmagan boşqa soxta ma’lumot va yozuvlar kiritib tayyorlangan dalolatnomalarga asosan, auksion savdolari ötkazmasdan, yer ajratiş töğrisida noqonuniy qarorlar qabul qiliş orqali talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudining 2022 yil 20 oktyabrdagi ajrimiga köra, viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan qamoqqa oliş tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamoği ehtiyot çorasi qöllagan.
“Sudning mazkur ajrimiga nisbatan Qarşi şahar prokurori tomonidan viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirildi.
Jinoyat işlari böyiça viloyat sudining yakuniy töxtamidan keyin jinoyat işi böyiça qöşimça ravişda tegişli munosabat bildiriladi”, – deyiladi Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi rasmiy axborotida.
Jamşid Fozilov qamoqqa olingani haqida 2022 yil aprel oyida ham xabarlar tarqalgan, lekin öşanda Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi buni

















