Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahrining sobiq va amaldagi hokimlari ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan raddiya berdi.

Raddiyada ma’lum qilinişiça, viloyat prokuraturasi tomonidan yer talon-torojliklari holatlari böyiça xizmat soxtakorligiga yöl qöygan kadastr, quriliş bölimi, şahar hokimligi sobiq yuristlari – jami 7 nafar şaxs Jinoyat kodeksining 205, 206, 209, 229-4-moddalari bilan ayblanib, jinoyat işi sud muhokamasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat işi böyiça Qarşi şahrining sobiq hokimi Jamşid Fozilov va amaldagi hokim Normömin Xolboyev ayblanuvçi sifatida jalb qilinmagan.

Ma’lumot uçun, Jamşid Fozilov 2019 yil oktyabr oyida Qarşi şahar hokimi lavozimidan olingan va örniga Kasbi tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Normömin Xolboyev tayinlangandi.

Jamşid Fozilov Qarşi şahri hokimi vazifasida işlagan davrida OAVda bir neça marta tadbirkorlarga nisbatan adolatsiz qarorlari uçun tanqidga uçragandi. Jumladan, u Qarşi şahridagi Markaziy dehqon bozorida “snos” masalalari va Yerqörğon bozorlarida noqonuniy qurilişlar tufayli tanqid qilingandi.

2018 yil 14 dekabr kuni Qarşi şahrida ötkazilgan yiğilişda prezident tomonidan şahar rahbariyati tanqid qilingandi. Jumladan, Qarşi şahar «törtligi» (hokim, prokuror, IIB boşliği va DSI boşliği)ga jiddiy ogohlantiriş berilgandi.