Xersondan aholini olib ketiş davom etmoqda — ular avvaliga Dneprning çap sohiliga ötkazilmoqda, keyin esa Ukrainaning annexia qilingan boşqa hududlariga yoki Rossiya şaharlariga yöl olişlari mumkin. 21 oktyabr kuni oblastning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati Ukraina qurolli kuçlarining Dnepr orqali keçuvga raketa zarbasi bergani va buning oqibatida kamida tört kişi halok bölgani haqida xabar berdi. Donetsk oblastining Novoazovsk şahrida «DXR»dan safarbar qilinib, asir tuşgan va asirlar almaşinuvi doirasida qaytarilgan harbiy xizmatçilar öz qarindoşlari bilan uçraşişdi. Rossiya va Ukraina örtasida asirlar almaşuvi 17 oktyabr kuni ötkazilgandi. Zaporijjya yana Rossiya tomonidan raketa zarbalariga uçradi. Ukrainaning front çiziğiga yaqin bölgan boşqa şaharlaridagi odamlar ham töxtovsiz zarbalar ostida yaşamoqda.
Quyida 21 oktyabr, uruşning 240-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Annexia qilingan «DXR»da harbiy asirlikdan qaytganlar

Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA

Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA

Valeriy Şarifulin / TASS





























