Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasi bugun, 2022 yil 22 oktyabr kuni Qarşi şahar sudining 2022 yil 20 oktyabrdagi Qarşi şahar sobiq hokimi J.Fozilovni qamoqqa olişni rad etib, unga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasi qöllaş haqidagi ajrimini bekor qilgan. Sudya viloyat prokuraturasining J.Fozilovga nisbatan qamoqqa oliş tariqasidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirgan.

2022 yil 20 oktyabr kuni Qarşi şahar sudi Jinoyat protsessual kodeksining 242-2-moddasiga asosan viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan Qarşi şahar sobiq hokimi J.Fozilov qamoqqa oliş tarzidagi iltimosnomani rad etib, unga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqargandi.

Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati Qarşi şahar sudining uşbu ajrimiga nisbatan Qarşi şahar prokurori tomonidan viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgani haqida xabar bergan edi.

Qayd etilişiça, viloyat prokurori tomonidan Qarşi şahar sobiq hokimi J.Fozilov va boşqalarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi alohida nazoratga olingan bölib, tergov natijalari yuzasidan ma’lumot beriladi.

Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi axborotiga köra, Jamşid Fozilov 2016 yil 9 iyuldan 2019 yil 26 oktyabrgaça Qarşi şahar hokimi lavozimida bölgan. Bu vaqt mobaynida u mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, yerlarni noqonuniy berib yuborişda gumonlanyapti.

Ma’lum qilinişiça, sobiq amaldor Qarşi şahar hokimligi huzuridagi Yer uçastkalariga egalik qiliş, foydalaniş va ijaraga beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiqiş böyiça doimiy komissiyasi a’zolari – şahar hokimining quriliş böyiça örinbosari U.Avazov, şahar hokimligi boş yuriskonsulti Ş.Buxarov, şahar boş arxitektori Ş.Böronov, Davlat kadastrlari palatasi Qarşi şahar filiali boşliği M.Xuşov va boşqalar bilan Qarşi şahri hududidagi yer maydonlari va boşqa infratuzilma obektlarini noqonuniy ravişda soxta hujjatlar asosida beriş haqida oldindan jinoiy til biriktirgan bölişi mumkin.

Natijada 2018-2019 yillar davomida 54 ta holatda umumiy qiymati 60 mlrd 512 mln bölgan jami 463.212,13 metr kvadrat yer uçastkalari jinoiy guruh a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasining öz kuçini yöqotgan qarorlariga yoki qaror qabul qilişda asos bölmagan boşqa soxta ma’lumot va yozuvlar kiritib tayyorlangan dalolatnomalarga asosan, auksion savdolari ötkazmasdan,