Amerikada koronavirusning öta xavfli ştammi yaratildi – bu nima uçun kerak?
|21:40 / 24.10.202237 2388 min
Amerikalik olimlar xavfli tajribaga qöl urişdi: ular koronavirusning ximerasini yaratişdi. Uning ölim darajasi 80 foizni taşkil qildi. Bunday xavfli tajriba nimaga kerak, virus laboratoriyadan çiqib, yangi pandemiyaga sabab bölişi mumkinmi?
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Ximera – qadimgi yunon mifologiyasida boşi va böyni şerniki, tanasi eçki, dumi ilon şaklida bölgan olov purkaguvçi yirtqiç hayvon. Hozirgi vaqtda fanda kutilmagan natijalarga olib kelgan tajribalar mahsuli köçma ma’noda şunday nomlanadi.
Boston universiteti olimlari koronavirusning ikkita ştammi asosida tadqiqot-tajriba ötkazişga qaror qilişdi.
Ular 2019 yil oxirida paydo bölgan birinçi «Uhan» ştammi va nisbatan yangi, dunyo böylab tez tarqalişi, tez yuqişi, hatto emlangan va yaqinda kasal bölgan odamlarga ham yuqişi bilan maşhur bölgan «omikron» ştammi asosida tajriba ötkazişdi.
Olimlar nima qilişdi?
Tadqiqotçilar «omikron»ning tikansimon S-oqsilini dastlabki «Uhan» ştammi bilan birlaştirişdi. Bu oqsil noyob tuzilma bölib, inson hujayralari bilan boğlaniş va içiga kirib oliş xususiyatiga ega. Aynan «omikron» mutatsiyasida oldingi ştammlarning «izlari» töplangan, şu sababli u juda yuqumli va bardoşlidir.
Muhim tafsilot: koronavirusning dastlabki «Uhan» varianti siçqonlarda yuqori darajada ölim xavfini yuzaga keltirgan, «omikron» esa kasallikning yengil belgilarini yuzaga çiqargan.
Boston universitetining yangi yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi Qöşma Ştatlarda bioxavfsizlik böyiça törtinçi darajaga ega 13 ta muassasaning biri hisoblanadi. Bunday laboratoriyalarda öta xavfli tadqiqotlarni, jumladan, öta yuqumli bölgan Covid va Ebola viruslari ustida tajriba ötkaziş mumkin.
Ştammlar aralaşmasi kutilmagan va xavfli bölib çiqdi. Buni laboratoriya siçqonlarida ötkazilgan tajriba tasdiqladi. Olimlar barça kemiruvçilarga yangi mutantni yuqtirişdi. Natija hayratlanarli böldi: kasallik siçqonlarda oğir keçib, ularning 80 foizi ölib qoldi.
Foto: Shutterstock
Tadqiqotçilar tanqid ostida qoldi. Yangi mutatsiyani yaratiş nimaga kerak? Axir, virus şundoğam mutatsiyaga uçramoqda, dunyo bir neça yildan beri unga qarşi kuraşişga harakat qilmoqda.
«Pandemiya Uhandagi laboratoriyada yaratilgan virusning taşqariga «sizib çiqqani» oqibatida yuzaga kelgan degan farazlar bor. Buning ehtimoli katta ekani inobatga olinsa, bunday tajribani ötkaziş soğlom aqlga ziddir», dedi Şarqiy Angliyadagi Britaniya universiteti mikrobiologiya professori Devid Livermor.
Mavzuga oid
«Bu butunlay taqiqlanişi kerak, ular olov bilan öynaşyapti», dedi Isroil hukumatidagi yetakçi olimlardan biri Samuel Şapira.
«Bu keyingi pandemiyaga turtki berişi mumkin. Pandemiyaga olib keluvçi patogenlar ustidagi tadqiqotlar qat’iy nazorat ostiga olinişi kerak», dedi Rutgers universiteti kimyo professori Riçard Ebrayt.
Tadqiqotçilar uşbu tajriba orqali yanada xavfli va ölim darajasi yuqori bölgan virusni yaratişni maqsad qilişmaganini aytişdi. Bunday tadqiqotlar «omikron» özini qanday tutişi mumkinligini biliş, qanday mutatsiyalarga tayyorlaniş kerakligini tuşuniş uçun zarur. Bundan taşqari, siçqonlar uçun xavfli bölgan gibrid ştamm inson vujudi uçun ham xavfli bölişi mumkinligi haqida heç qanday dalil yöq.
Ekspert fikri
Immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuçkov bunday tajriba olimlarga nima uçun kerakligi, bu kelajakda pandemiyaga qanday ta’sir ötkazişi mumkinligi haqida öz fikrlarini aytib ötdi.
«Olimlar ştammlarni bir-biri bilan çatiştirmadi. Ular rekombinant virus ximerasini yaratişdi. Keling, biroz orqaga qaytamiz: koronavirusning dastlabki «Uhan» varianti öta patogen, ammo nisbatan kam yuqumli edi. Dastlab, virusda inson hujayralariga kiriş uçun töliq «şifr» yöq edi, unga kirişi qiyin edi.
Vaqt ötdi, virus atrof-muhitga moslaşdi, rivojlandi, inson tanasiga kirib olişni örgandi va u yerda özini yaxşi his qila boşladi», deydi immunolog.
Olimlar dastlabki koronavirus va «omikron»ning hayot yöli bir-biridan sezilarli darajada farq qilişini tuşunişadi. Şu sababli, tadqiqotçilar agar koronavirusning ximera ştammi yaratilsa, u qanday xususiyatlarga ega bölişini aniqlaşga qaror qilişdi. Agar virus asl «yovvoyi» variantning eng kuçli tomonlarini olsa va evolyutsion «omikron»ning eng yaxşi xususiyatlarini özlaştirsa nima böladi?
«Tajriba tufayli olimlar patogenlik va yuqumlilik faqat S-oqsiliga boğliq emasligini aniqlaşga muvaffaq bölişdi. Oldin aynan şu oqsil aybdor qilinardi. Ha, mas’uliyat köproq uning zimmasiga tuşadi, ammo virusning boşqa qismlari ham borki, ularga ilgari yetarli e’tibor berilmagan. Ma’lum bölişiça, ular ham ştammning tez yuqişi va tanaga tez kirib olişiga ta’sir qiladi», dedi Nikolay Kryuçkov.
Şuningdek, bunday tadqiqotlar quyidagi jihatlarni tuşunişga yordam beradi:
- virus yana qanday funksiyalarga ega;
- uning yuqumlilik darajasi qanday;
- qaysi mutatsiyalarni eng xavfli deb hisoblaş kerak;
- qanday özgarişlarni diqqat bilan kuzatib boriş kerak;
- immunitet tizimi, jumladan orttirilgan va tuğma immunitet qanday işlaydi.
Öta patogen infeksiyalar pandemiyaga kamroq sabab böladi. Bu ximeraning ijobiy tomoni
Boston olimlari eksperimental ştammning patogenligi nihoyatda yuqori ekanini aniqladilar – infeksiya barça siçqonlarga yuqdi. Köpçiligi virusni yengişga muvaffaq bölmadi. Bu yerda qörquv paydo bölişi tabiiy: agar virus laboratoriyadan sizib çiqsa, dunyoga yangi pandemiya tahdid qiladimi?
Aslida, vaziyat sal boşqaçaroq, deydi immunolog.
«Nazariy jihatdan pandemiyaga olib kelişi mumkin bölgan kombinatsiyani topiş mumkin. Lekin, birinçidan, biz ximera odamlar orasida özini qanday tutişini bilmaymiz. Ikkinçidan, u mavjud ştammlarni siqib çiqara oladimi? Katta ehtimol bilan yöq. Çunki, epidemiya yuzaga kelişi uçun virus «katta qadam taşlaşi» kerak. Buning uçun ölim darajasi past bölişi kerak, şunda virus odamlar orasida keng tarqala oladi. Ximera esa unday emas», dedi Nikolay Kryuçkov.
«Kasallik davomiyligi qisqa va ölim darajasi yuqori bölgan har qanday infeksiya öz-özidan barham topadi. Çunki keng tarqaliş uçun unda vaqt juda oz böladi. Şuningdek, bunday yuqumli kasalliklar darhol sohaga mas’ul tuzilmalarning e’tiborini tortadi – karantin e’lon qilinadi, şifoxonalar oçiladi, bemorlar tezda izolyatsiya qilinadi», deb qöşimça qildi u.
Agar infeksiya halokatli bölmasa, masalan, ÖRVI kabi, bu heç kimni qiziqtirmaydi. Covid-19 tarixida ölim darajasi barça yuqtirganlarning 1,5-3 foizini taşkil etdi. Hatto bunday kiçik körsatkiç ham juda sezilarli böldi. Mutaxassis xulosasiga köra, yuqtirganlar soni ölganlar sonidan köproq bölgani sababli ham yangi ştammlar keng miqyosda tarqalişga muvaffaq böldi.
Qöşma Ştatlarda virus funksiyalarini kengaytiriş böyiça ötkaziladigan tadqiqotlar pandemiyaga sabab bölişi ehtimoli tufayli 2014-2017 yillarda töxtatib qöyilgan edi. Ammo keyinçalik faqat davlat mablağlari hisobiga va davlat nazorati ostida ötkazişga ruxsat berildi.
Bunday tadqiqotlar viruslarning yanada xavfli, yuqumli va ölim darajasi yuqori bölişiga erişişni nazarda tutadi. Bu kelajakda pandemiyalarning oldini oliş yoki ularga qarşi kuraşda asqatişi mumkin.
Boston universiteti uşbu tajriba amaliy ahamiyatga ega ekanini inkor etib, bioxavfsizlik böyiça barça taşkilotlar ruxsati olinganini ta’kidladi.
«Uşbu tadqiqot boşqa laboratoriyalar tomonidan ötkazilgan şunga öxşaş tajribalar natijalarini aks ettiradi va mustahkamlaydi. Oxir-oqibat, bu tadqiqot jamiyatga foyda keltiradi, çunki kelajakda pandemiyalarga qarşi kuraşda yordam beradigan maqsadli terapevtik yeçimlarni topişga xizmat qiladi», deyiladi universitet bayonotida.