Tuman hokimligi xabariga köra, boğda piyodalar sayr qiliş va yuguriş yölaklariga joy böşatiş uçun, attraksionlar kamaytirilgan, boğ barça rasta, kafe va kabob tayyorlaydigan joylardan tozalangan. E’tibor landşaft dizayniga qaratilib, maksimal darajada tabiiylik saqlab qolingan. Asosiysi, boğdagi daraxtlar töliq saqlanib qolingan va suğoriş tizimi töliq özgartirilgan.

“Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yaşil hududlaridan birini saqlab qolişni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan ösimliklar bilan töldirişni ham öz oldimizga vazifa sifatida qöygandik”, – degan boğ direktori örinbosari Zafar Mirzauluğov.

Şuningdek, xabarda aytilişiça, boğ hududida joylaşgan 2ta köl töla ta’mirlanib, gidrotizimlar töliq özgartirilgan, köllar atrofida plyaj zonalari va tabiat qurşovida dam oliş uçun joylar yaratilgan. Köllarning birida qayiq va katamaranlar saqlab qolinib, ikkinçi köl esa ördaklar uçun ajratilgan.

Ma’lumot uçun, Ğafur Ğulom madaniyat va istirohat boği 2019 yil mart oyida rekonstruksiya işlari sabab yopilgan edi. Keyinroq 2020 yil iyul oyida Toşkent şahar hokimligi boğni modernizatsiya qiliş işlari 49 yilga “BMP Smart Decision Private Limited” xorij kompaniyasiga topşirilganini ma’lum qilingandi. Bundan oldin boğ oçiliş vaqti sifatida 2022 yilning yozi, keyinroq sentabri körsatilib, oxirgi marta esa boğ qişda töliq oçilişi mumkinligi aytilgandi.