Avvalo, vaziyat haqida kengroq kölamda ma’lumot oliş maqsadida iste’molçilarning elektr energiyasiga oid murojaatlari bilan qiziqdik. Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi murojaatlar bilan işlaş bölimi boşliği Abdullo Abduşerozovning aytişiça, 2022 yilning 9 oyida federatsiyaga iste’molçilardan elektr energiyasi böyiça 980 ta murojaat kelib tuşgan.

Eng köp murojaatlar Toşkent şahridan – 477ta. Şuningdek, Qaşqadaryo (76ta) va Samarqanddan ham (73ta) köp murojaatlar yöllangan. Iste’molçilar foydasiga 743 million söm undirib berilgan. Taqqoslaydigan bölsak, ötgan yilgi ayni şu yönalişdagi murojaatlar 873 tani taşkil etgan va ötgan yilgiga nisbatan bu yil 107taga köpligini köriş mumkin.

Inobatga oliş kerakki, bu murojaatlar nafaqat ta’minotdagi uzilişlar, balki elektr kuçining pastligi, moliyaviy qarzdorlik va aholidan noqonuniy pul undiriş bilan ham boğliq.

Elektr işlab çiqariş 5 foizga oşdi — vazirlik

Avgust oyida Davlat statistika qömitasi bergan ma’lumotga köra, yanvar-iyul oylarida elektr energiyasini işlab çiqariş körsatkiçlari qisqargan. Biroq Energetika vazirligi buni rad etib, işlab çiqariş aksinça oşganini bildirgandi.

Statqöm ma’lumotlarida 2022 yil yanvar-iyul oylarida 40 mlrd 43 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, bu – ötgan yilning şu davriga nisbatan 297 mln kVt/soat kamligi qayd etilgan edi. Ammo vazirlik rasmiy statistikada bir qança ma’lumotlar aks etmagani sababli işlab çiqariş kamaygandek köringanini ma’lum qildi.

“Aniq hisobotlarga tayanib ma’lum qilamizki, joriy yilning yanvar-iyul oylarida respublika böyiça 43 mlrd 250 mln kVt soat yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 mlrd 177 mln kVt soat köp (ösiş sur’ati 105,3%) elektr energiyasi işlab çiqarilgan”, – deyiladi Energetika vazirligi bayonotida.

Yangi IYeSlar işga tuşdi

Energetika vazirining birinçi örinbosari Şerzod Xöjayev Kun.uz'ga bergan intervyusida kuz-qiş mavsumi uçun IESlarda qöşimça quvvat paydo bölganini aytgan edi