“Bugun kötariladigan barça masalalar böyiça hokimlarning vazifasi qanday bölişi kerak, Prezident sifatida men yana nimalarni hal qilib berişim lozim, degan savollar böyiça ham sizlar bilan atrofliça gaplaşib olamiz.

Tibbiyot sohasidagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri, bu – malakali tibbiy xizmatlarning har bir xonadonga kirib borişini ta’minlaşdan iborat.

Jumladan, joriy yilda yangi 106 ta oilaviy şifokor punkti va poliklinikalar, mingta mahalla tibbiyot punktining taşkil etilgani ham, ana şu maqsad yölidagi amaliy işlardir. 

Bu orqali, 3,5 million aholiga birlamçi tibbiy xizmat yaqinlaştirildi. Eng katta masala – pastga tuşib, profilaktika bilan şuğullaniş kerak. Bunga hammamiz mas’ul va javobgardir.

Işlar samaradorligini yanada oşiriş maqsadida, ilğor xorijiy tajribalar asosida, aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatga bölgan ehtiyoj balansi işlab çiqildi.
“Tibbiyot brigadalari”ga qöşimça 3 ming 600 ta pediatriya hamşirasi va doya ştatlari ajratildi.

Oilaviy şifokorlar tomonidan bepul tarqatiladigan dorilar 45 turdan 70 turga yetkazildi. Bunga ajratilayotgan mablağlar hajmi esa, ötgan yilga nisbatan 3 baravar oşirildi (188 milliard sömdan 540 milliard sömga). Bu çakana raqam emas. Oldin bemorga bergudek dori ham yöq edi. Endi sizlarga şaroit yaratyapmiz. Xalqimiz talab qilgan xizmat körsatiş vaqti keldi”, – davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.