«Novaya gazeta. Yevropa» naşri Mordoviyadagi 17-sonli axloq tuzatiş koloniyasidagi mahbuslarining şaxsini aniqlaşga muvaffaq böldi, ular sentabr oyi oxirida Yevgeniy Prigojinning «Vagner» XHK tarkibida Ukrainadagi uruşga jönatilgan. Uşbu muassasadan jami yuzdan ortiq kişi frontga ketgan bölsa, ularning yarmi Özbekiston, Tojikiston, Moldova, Serbiya va Misr, şuningdek, Ukraina fuqarolaridir.
Mordoviyadagi koloniyadan uruşga jalb qilingan deyarli barça xorijliklar giyohvand moddalarni sotişda ayblanib, 7 yildan 16 yilgaça kuçaytirilgan rejimli qamoq jazosiga hukm qilingan.
Misol uçun, Özbekistonning ikki fuqarosi – toşkentlik Baxtiyor Quvondiqov va qoraqalpoğistonlik Qurolbek Qöçqorov Moskva şahri va viloyatida geroin «zakladka»si bilan şuğullanişgan.
Qöçqorov koloniyada olti oydan kamroq vaqt ötkazgan, Lyubersi şahar sudi öz hukmini 15 mart kuni e’lon qilgan edi. Şuningdek, mart oyida yana bir özbekistonlik Islombek Sobirov ham jazoga mahkum qilindi. U ham «Vagner» tomonidan yollangan.
Özbekiston fuqarolaridan Azamat Zulunov va Sardor Zokirov ham «giyohvandlik» moddasi böyiça 2021 yil boşida qamalgan edi. Ular ham uruşga jönatilgan.
Şuningdek, geroin sotgani uçun 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Nasimxon Mavlonov va Moskva yaqinidagi Yegorevsk şahri sudi tomonidan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sarvarjon Mamaniyozov ham «Vagner» tarkibiga jalb qilingan.
Giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlanganlardan taşqari, qotillar ham Mordoviya koloniyasidan Ukrainaga yuborilgan.
Masalan, yollanganlardan birining ismi va şaxsiy ma’lumotlari qotillikda ayblangan Rossiya fuqarosi Yunus Selimovniki bilan mos keladi. Sud hukmiga köra, u özini huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi sifatida taniştirib, şeriklari bilan jabrlanuvçining kvartirasiga kirib, unga pnevmatik töpponça öqtalib, uni kaltaklab, örmonga olib borib, tiriklayin kömib yuborişgan.
«Vagner» tarkibida Ukrainaga ketgan yana bir mahbus Yuriy Sviridov ukrainalik homilador ayolni zörlab, öldirgani uçun 2019 yilda 13 yilga qamalgan. U «Lugansk Xalq Respublikasi xalq militsiyasi» tarkibida ayol bilan birga xizmat qilgan va töpponçasi bilan boşining orqa qismidan otib taşlagan.














