Davlatimiz rahbari öz nutqida ikki mintaqa örtasidagi özaro aloqalarni mustahkamlaş, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni çuqurlaştirişga çaqirdi.

«Yevropalik hamkorlarni mintaqamiz xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng taniştiriş maqsadida biz noyabr oyining ikkinçi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik körgazma taşkil etişni rejalaştirganmiz.

Bunday tadbirlarni har yili – Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda ötkazib boriş tarafdorimiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, davlatimiz rahbari turizm sohasida yirik imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusi yilda Xiva şahrida ötkaziladigan «Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo» birinçi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakçi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etişni taklif etdi.