Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norboyeva Putinning topshirig‘iga ko‘ra Rossiya davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko topshirdi.
Samarqand tumanidagi sayyohlik markazida MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasi o‘tkazilmoqda. Sessiyaning 28 oktyabr kuni o‘tgan sessiyasida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyevaga Rossiya davlat mukofotini topshirdi. Norboyeva Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘i bilan Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Matviyenko Norboyevani Rossiyaning azaliy va samimiy do‘sti deb atab, O‘zbekiston Senati raisi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi. Matviyenko hamkasbi Norboyeva O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasiga rahbarlik qilgan ilk ayol ekaniga urg‘u berib, prezident Shavkat Mirziyoyev unga katta ishonch bildirishidan xabardorligini aytdi.
Tanzila Norboyeva Rossiyaning «Do‘stlik» ordeniga munosib ko‘rilganidan faxr tuyganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
17:23 / 29.06.2026
Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi
20:11 / 25.06.2026