Polşada 27 oktyabr, payşanba kuni sovet askarlariga örnatilgan yana törtta yodgorlik demontaj qilindi. Gap Glubçitsa va Biçina şaharlaridagi «Qizil Armiyaga minnatdorçilik» yodgorliklari, Bobolitsadagi yodgorlik, şuningdek, Staşuva tumanidagi yodgorlik haqida bormoqda, deya ta’kidladi Milliy xotira instituti (MXI).
Demontaj qilingan yodgorliklar erkinlik ramzi emas, dedi MXI prezidenti Karol Navrotskiy. U yodgorliklarni «1945 yildan keyin Yevropaning yarmini öziga böysundirgan tizim», «Polşa işçilari va antikommunistik muxolifat faollarini öldirgan tizim» ramzi, şuningdek, «Ukrainadagi uruş uçun javobgar Rossiya hozirgi rahbarlarini ruhlantirgan tizim» ramzi deb atadi.
2017 yil oktyabr oyida Polşada mamlakatni dekommunizatsiya qiliş dasturi doirasida sovet yodgorliklarini buziş töğrisidagi qonun kuçga kirdi. MXI hisob-kitoblariga köra, kommunizm davrida Polşa hududida 500 ga yaqin «Qizil Armiyaga minnatdorçilik» yodgorliklari örnatilgan. Öşandan beri halok bölgan askarlar dafn qilingan joylarda örnatilmagan köplab yodgorliklar demontaj qilingan. Şu bilan birga, dpa agentligining qayd etişiça, askarlar qabristonlari Polşa davlati himoyasida.
2022 yil mart oyida MXI rahbari Navrotskiy barça mamlakatlar, xususan, sobiq kommunistik blokdagi davlatlar hokimiyatlariga ularning tarixidagi kommunistik davr odamlari, taşkilotlari, voqealari va sanalari bilan boğliq nomlar va belgilarni jamoat maydonidan olib taşlaşni taklif qildi. Ukrainada uruş boşlanganidan söng, Boltiqböyi mamlakatlarida SSSR davridagi yodgorliklar ommaviy ravişda buzib taşlana boşladi. Bundan taşqari, Finlandiya poytaxtida SSSR tomonidan hadya qilingan «Butun dunyoda tinçlik» monumenti demontaj qilindi.

















