Toşkentda UzAuto qozoğistonlik hamkorlari bilan birgalikda zamonaviy, köp funksiyali “Olamavto” avtomobil majmuasini yaratdi va oçdi. “Olamavto” avtomobil xabi– bu 3S jahon standartlariga javob beradigan avtomobillar, ehtiyot qismlar va texnik xizmat körsatiş majmuasi hisoblanadi.

Respublika avtomobilsozlik sanoatidagi asosiy voqea Olamavto hududida Trade-in markazining oçilişi böldi. Uşbu markaz avtomobil ixlosmandlari uçun minilgan avtomobilni yangisiga yoki sertifikatga ega minilgan avtomobilga almaştiriş imkoniyatini beradi.
"Olamavto" avtomobil xabining tantanali oçilişida “Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzoqov va GM International prezidenti Şilpan Amin iştirok etdi.

“Bugun biz özbek-qozoq munosabatlarini mustahkamlaş yölidagi yana bir muhim qadamning guvohi böldik. Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi avtomobilsozlik sohasidagi köp yillik samarali hamkorlik yana bir loyiha – zamonaviy avtomobilsozlik markazi bilan töldirildi. Özbekistonda avtomobillaştirişning ösiş sur’atlarini hisobga olsak, “Olamavto” Özbekistonda avtomobillarni sotiş va sifatli xizmat körsatiş markazlaridan biriga aylanişiga işonaman”. – dedi Şavkat Umurzoqov.
Şilpan Amin özining kiriş sözida yangi xizmat körsatiş formatini taqdim etiş muhimligini ham ta’kidladi. Uning sözlariga köra, “Bu UzAuto va uning hamkorlari tomonidan mintaqadagi Chevrolet mijozlari uçun yuqori darajadagi tajribani taqdim etişda muhim qadamdir. Chevrolet mijozlari eng zamonaviy Olamavto avtomobil markazi Chevrolet avtomobillarini sotiş va ularga xizmat körsatiş böyiça Çevrolet'ning jahon standartlariga javob berişiga işonç hosil qilişlari mumkin”.
Markazning barça operatsion faoliyati real vaqtda boşqariş va nazorat qiliş uçun raqamlaştirilgan. Mijozlar bir neça soat içida minilgan avtomobilni yangisiga almaştiriş imkoniyatiga ega bölişdi. Bunga raqamli baholaş tizimi, avtokredit dasturlari uçun şartlar, davlat röyxatidan ötkaziş va notarial xizmatlarni bevosita avtosalonda amalga oşirişga yordam beradi. Barça jarayonlarni bir joyda amalga oşiriş imkoniyati esa kutiş vaqtini sezilarli darajada qisqartirib mijozlar oqimini oşiradi.

















