«Andarxonda shamol qovunlar uchun esadi» – bahorgacha qovun saqlaydigan dehqon uyidan reportaj
Andarxonlik Shavkatjon Otaqulov har yili erta bahorda ikki o‘g‘lini olib qovun ekish uchun Jizzaxga yo‘l oladi. Qovunlar pishgach, ularni uyidagi maxsus omborxonaga olib kelib joylaydi. Oktyabr oyida ilingan qovunlar keyingi yilning may oyigacha turadi.

Erta bahorda Jizzaxga jo‘naymiz...
Ota-bobolarimiz ham uylarida qovun saqlab kelgan. Biz ularning davomchilarimiz. Oilada 6 qiz, 4 o‘g‘ilmiz. Aka-ukalarim ham aynan shu ish etagidan tutgan. Men ham akalarimga qiziqib 1997 yildan beri qovun ekib, uni saqlab kelaman.
Beshariqning Andarxon qishlog‘ida katta bo‘ldim. Boshqalar qatori Rossiyaga bormadim. Har yili aprel oyida Jizzaxga qarab yo‘l olamiz. Aprel-may oylarida yerga qovun urug‘i qadaymiz. 21 sentabrdan mezon shamoli kirib keladi. Shundan keyingina biz paykaldan qovunlarni uzishni boshlaymiz. Mezon shamolini yemasa, qovunlarni saqlab bo‘lmaydi. Andarxonda shamol ko‘p esadi. Omborxonalar shift qismiga maxsus tuynuklar ochilgan. Qovunlar har tarafdan shamol yeb turishi uchun.
May oyida kelsangiz ham qovun so‘yib beramiz...
Omborxonamizga 3-4 yuk mashina qovun ilingan. Yana boshqa joyda mana shunday omborxonalarimiz bor. Gulobi, Bedanapati qovunlari, Dushanbe, Vaxsh tarvuzlari saqlayapmiz.
Gulobi qovunlarimizni ayniqsa Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon xalqi sevib yeydi. Bedanapati navli qovunlarimizni aksariyat Toshkent, Qirg‘iziston, Tojikiston va Andijonga yetkazib beramiz. Hozirda urilgan, “aybi” bor qovunlarni saralab olib sotishni boshlaganmiz. Yaxshi qovunlarni bahorgacha saqlaymiz. May oyida kelsangiz ham qovun so‘yib berishimiz mumkin. Ayni kunlarda holatiga qarab bir dona qovun 15-20 ming so‘mdan sotilyapti. May oyiga borib asl katta qovunlar 50 ming so‘mgacha ko‘tariladi.
Tuman qovun rangini o‘zgartiradi...
Yaratgan qishlog‘imizni dunyoning hech bir go‘shasida uchramaydigan ajib shamol bilan siylagan. Agar shamol bo‘lmaganida, qovunlarni bir kun ham saqlab bo‘lmas edi.
Qishloqqa yaqin joyda Qayroqqum suv ombori bor. Shamol aynan o‘sha yerda paydo bo‘lib qishloqqa doimiy esib turadi. Shuning hisobiga qovunlar chirimay yaxshi turadi.
Ikki o‘g‘lim bor. Ular bilan birga erta bahorda Jizzaxga jo‘naymiz. Bolalarim qovun parvarishlash borasida ancha ustomon. Qovun ekilgach, qishlog‘imga qaytaman. O‘g‘illarim dehqonchilik bilan band.
Qovunlarni o‘zimizda ekib parvarish qilsa ham bo‘ladi, lekin Jizzaxda yetishtirilgan qovunlar mazasi o‘zgacha bo‘ladi.
Agar qishda harorat tushib ketsa, omborxona tuynuklarini berkitib qo‘yamiz. Ayniqsa tuman tushganda tuynuklar berkitilishi kerak. Chunki tuman qovun rangini o‘zgartirib, xunuklashtirib yuboradi.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

11:46 / 21.06.2025
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

18:02 / 16.05.2025