Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikerining eriga uyida hujum uyushtirildi
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda uyda bo‘lmagan Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘iga bolg‘a bilan qurollangan erkak hujum qilgan.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘i hujumga uchradi, shundan so‘ng u kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 28 oktyabr, juma kuni spiker matbuot xizmati xabar berdi.
Hujum juma kuni kechqurun sodir bo‘ldi, jinoyatchi San-Fransiskodagi Pelosining qarorgohiga bostirib kirib, Pol Pelosiga «shafqatsizlarcha hujum qildi», deyiladi matbuot xizmati xabarida. «U qo‘lga olindi, hujum sabablari o‘rganilmoqda. Janob Pelosi kasalxonaga olib ketilgan, u yerda unga birinchi darajali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va u to‘liq tuzalib ketishi kutilmoqda», - deyiladi xabarda.
NBC telekanaliga ko‘ra, jinoyatchi bolg‘a bilan qurollangan bo‘lgan va uyda Nensi Pelosini topishga uringan. CNN telekanalining ikki manbasiga ko‘ra, hujumchi Pol Pelosini «Nensi uyga qaytguncha» bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lgan va uyga bostirib kirib «Nensi qayerda?» deya baqirgan. Politsiya qarorgohga yetib kelganida, jinoyatchi yana «Nensini kutayotganini» aytgan.
Vakillar palatasi spikerining o‘zi hujum vaqtida Vashingtonda bo‘lgan va voqeadan xabar topganidan keyin San-Fransiskoga uchib ketgan. CNN xabariga ko‘ra, u operatsiya oldidan eri bilan gaplashgan.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026