27 oktyabr kuni Markaziy bank boşqaruvining asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisidagi qarori yuzasidan MB raisi iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Mamarizo Nurmurodov banklarda yuzaga kelgan dollar taqçilligining kelib çiqiş sabablari yuzasidan ma’lumot berdi.

«Nega hozirgi kunda banklarda aholini valuta bilan ta’minlaşda qiyinçiliklar paydo böldi? Batafsilroq tuşuntirişga harakat qilaman. Bizning tijorat banklarimiz, asosan, naqd valutani Rossiya banklaridan olib kelar edi. Raqamlarga töxtalib ötadigan bölsak, 2021 yilda tijorat banklarimiz 2 mlrd dollar, Markaziy bank 100 mln dollar valuta olib kelgan. 2022 yilning boşida geosiyosiy vaziyat özgarişi natijasida rus banklariga dollar va yevro beriş töxtatildi. Natijada Yevropa yoki Amerika banklaridan valuta olib kelişga zarurat paydo böldi. Uşbu vaziyatda biz Markaziy bankka xos bölmagan funksiya, ya’ni AQŞning Federal rezerv tizimi bilan boğlanib, naqd valuta olib kelib, tijorat banklariga yetkazişni boşladik. Raqamlarga qaraydigan bölsak, joriy yilda 12,2 mlrd dollar pul ötkazmalari amalga oşirilgan bölsa, aholiga 6,5 mlrd dollar naqd valuta sotdik. Tasavvur qiling, qança naqd valuta kerak. 2021 yildagi raqamlar bilan 2022 yilda paydo bölgan ehtiyojga e’tibor bering. Şunday şaroitda, 7 mlrd dollar naqd valuta olib kelib, tijorat banklariga yetkazdik. Sodda qilib tuşuntiradigan bölsa, oldin heç qanday şartlarsiz Rossiya banklaridan valuta olib kelganmiz. Ammo Federal rezerv tizimidan valuta olişning öziga xos şartlari bor. Pul ötkazmalari notovar şakldagi bank xizmatlariga kirib, odatda 1000 dollargaça bölgan miqdorda amalga oşiriladi. Mehnat muhojirlarimiz tomonidan ham asosan şu miqdordagi summada pul ötkazmalari amalga oşiriladi», - dedi Nurmurodov.

Markaziy bank raisining tuşuntirişiça, joriy yilda pul ötkazmalari miqdori ötgan yilga nisbatan 2,2 barobarga oşgan. Ğarb mamlakatlari banklaridan valuta olib keliş uçun uşbu pul ötkazmalarining haqiqatan ham mehnat muhojirlari tomonidan amalga oşirilganligiga narigi tomonni işontiriş kerak.

«Pul ötkazmalar tarkibini tahlil qiladigan bölsak, 2021 yilgaça 1000 dollargaça bölgan ötkazmalar umumiy pul ötkazmalarining 62-64 foizini taşkil etgan bölsa, bugungi kunda 10 ming dollardan köp ötkazmalar uluşi 60 foizga yetgan. Endi özimizga savol beraylik, 10 ming dollardan ortiq bölgan tovarsiz operatsiya bölişi mumkinmi? Bölişi mumkin. Faqat sanoqli. Ammo ayrim şaxslar bir oyda 20-30 marta 10 ming dollardan valuta olyapti. Bu tovar xarakteriga ega bölmagan operatsiyalar», – deya ta’kidladi regulyator rahbari.

Mamarizo Nurmurodov Rossiya fuqarolari rubldagi daromadlarini Özbekiston orqali dollarga aylantirayotganini tasdiqladi.