Taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlari natijasi böyiça 2 mingdan ziyod ovoz töplagan 364 ta loyihani moliyalaştiriş uçun 335 mlrd söm yönaltiriladi. Loyihalar soni eng köpi Farğona (63 ta ) va Surxondaryo (43 ta) viloyatlariga töğri keladi.

2023 moliya yilidan boşlab “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalaştiriladigan tadbirlar jamoatçilik fikri asosida “Oçiq budjet” axborot portali orqali ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi. Bunda aholi tomonidan taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla böyiça bitta loyihalar paketi şaklida ovozga qöyiladi.

Qoraqalpoğiston budjeti, viloyatlar budjetlari va Toşkent şahri budjetida şakllangan qöşimça mablağlar 30 foizi tuman (şahar)larda jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştiriş uçun Fuqarolar taşabbusi jamğarmalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib çiqib, teng uluşlarda yönaltiriladi.

Yangi tartibga köra, tuman (şahar) budjetlari mablağlari doirasida jamoatçilik fikri asosida “Oçiq budjet” axborot portali orqali tadbirlarni şakllantiriş va ularga ovoz beriş jarayoni birinçi mavsumi – har yili fevral-mart oylarida, ikkinçi mavsumi har yili iyun-iyul oylarida, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatçilik fikri asosida “Oçiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uçun tadbirlarni şakllantiriş va ularga ovoz beriş jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida ötkaziladi.