«Yuksaliş» umummilliy harakati huzurida Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erişilganlik darajasini baholab boriş maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvçi Mustaqil monitoring va baholaş jamoatçilik guruhi taşkil etilgan. 31 oktyabr kuni Taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturining 9 oylik ijrosi böyiça tayyorlangan muqobil hisobotning jamoatçilik muhokamasi taşkil etildi.

Tayyorlangan hisobotga köra, Davlat dasturi jami 398 ta banddan iborat bölib, unda 671 ta vazifani amalga oşiriş böyiça aniq muddatlar belgilangan. Şundan, 2022 yilning 1 oktabr holatiga Davlat dasturining 210 ta bandi böyiça 342 ta vazifa amalga oşirilişi közda tutilgan. Belgilangan 258 ta vazifa ijrosi ta’minlangan bölib, şundan 27 ta vazifa ijrosi muddatidan oldin bajarilgan.

Ijobiy özgarişlar bilan birgalikda Davlat dasturi ijrosi öz vaqtida ta’minlanmagan bandlari ham mavjud. Jumladan, Davlat dasturida 2 ta band böyiça vazifalar bajarilmagan:

286-bandga muvofiq tajriba tariqasida «Yangi Angren IES» AJning ifloslantiruvçi manbalaridan namuna oliş va tahlil qiliş böyiça avtomatik stansiya örnatilmagan (muddat 2022 yil sentabr, mas’ul Davlat ekologiya qömitasi).

320-band böyiça koronavirus infeksiyasiga qarşi yangi avlod mahalliy vaksinalarni klinik oldi sinovlaridan ötkaziş va ommaviy işlab çiqariş yölga qöyilmagan (muddat 2022 yil mart, mas’ul Innovatsion rivojlaniş vazirligi).

Şuningdek, Davlat dasturi ijrosi böyiça bir qator vazifalar yuzasidan közda tutilgan qonunçilik hujjatlari işlab çiqilgan bölsa-da, bugungi kunda körib çiqiş jarayonida bölgani bois, mazkur vazifalar ham töliq bajarilmagan.

Jumladan, ijro muddati kelgan