Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olmasi asosan Qozog‘istonga eksport qilinyapti
O‘zbekiston qiymati 7,2 mln AQSh dollarilik olma eksport qilgan.
Foto: Nitr/stock.adobe.com
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,3 ming tonna olma eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 12,6 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 4,1 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,4 ming tonna;
- Turkmaniston – 163 tonna.
2022 yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna.
Mavzuga oid
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
19:01 / 04.03.2026
Qozog‘iston Trampning Tinchlik kengashiga badalsiz a’zo bo‘ldi
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
20:54 / 27.02.2026