Ulamolarning safari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Musulmonlar idorasi va AQShdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasidan Kun.uz'ga ma’lum qilishlaricha, vatandoshlar bilan uchrashuvlar quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tadi:

  • 9-10 noyabr kunlari Filadelfiyadagi Isabet Academic Campus’da, mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da;
  • 11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Imam Abu Hanifa masjidida, soat 12:00 da;
  • 12 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Emir Palace restoranida. Soat 11:00 da;
  • 13-14 noyabr kunlari Sinsinnati shahridagi (Ohayo shtati) West Chester Township’da soat 16:00 da;
  • 16 noyabr kuni Chikagodagi Masjid-ul-Islam masjidida, soat 06:00 da;
  • 18-19 noyabr kunlari Orlando shahridagi Al-Bukhari islomiy markazida, soat 12:00 da.