“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, u:
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 50 foizidan;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 75 foizidan;
- 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 100 foizidan;
- 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 150 foizidan;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqi 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.















