Mehnat şartnomasini tuziş bilan boğliq munosabatlarda özgariş böladi. Bu haqda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qöyildi. Xususan, işga qabul qilişda yöl qöyiladigan yoşga aniqlik kiritilmoqda.
Umumiy qoidaga köra, mehnat layoqatiga ega bölgan ön olti yoşga tölgan xodimlarni işga qabul qiliş va öquvçilarning yengil işini öqişdan böş vaqtida bajarişi uçun ularni ön beş yoşga tölganidan keyin işga qabul qiliş yölga qöyilişi mumkin.
Endilikda, madaniy-tomoşa taşkilotlarida, televideniye, radioeşittiriş taşkilotlarida va boşqa ommaviy axborot vositalarida ota-onaning har ikkisining yoki ota-ona örnini bosuvçi şaxsning roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, soğliğiga va ma’naviy kamol topişiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratiş va (yoki) ijro etişda (körgazmaga qöyişda) iştirok etiş uçun ön beş yoşga tölmagan şaxslar bilan mehnat şartnomasini tuzişga ruxsat berilmoqda.
Xodim bilan muddatli mehnat şartnomasi uç yilgaça (amaldagi – beş yilgaça) tuziladigan hollar belgilandi. Şuningdek, yangi Mehnat kodeksida muddatli mehnat şartnomasini tuziş uçun asoslar kengaytirildi.
Masalan, tabiiy şaroitlar tufayli iş faqat muayyan davr (mavsum) içida amalga oşirilişi mumkin bölganda mavsumiy işlarni bajariş uçun;
- yöq bölgan xodimning majburiyatlarini bajariş vaqti uçun;
- vaqtinçalik (ikki oygaça) işlarni hamda tabiiy şaroitlar tufayli mavsumiy işlarni bajariş uçun;
- işning tamomlanişi aniq sana bilan belgilanişi mumkin bölmagan hollarda muddatli xususiyatga ega bölgan, oldindan belgilangan işlarni bajariş uçun qabul qilinadigan şaxslar bilan va boşqalar.
Işga qabul qilişda dastlabki sinov muddati uç oydan, taşkilotlar rahbarlari va ularning örinbosarlari, boş buxgalterlar hamda taşkilotlar alohida bölinmalarining rahbarlari uçun esa olti oydan oşmasligi kerakligi belgilandi.
Şu bilan birga, dastlabki sinov muddati belgilanmaydigan şaxs toifalari kengaytirilmoqda.
Masalan, homilador ayol, uç yoşga tölmagan bolasi bor ayol yoki uç yoşga tölmagan bolani yolğiz özi tarbiyalayotgan otalar (vasiy) uçun;
- zaxiraga qöyiladigan iş örinlariga işga joylaştiriş uçun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bölgan















