07:24 / 03.11.2022
2329

Saudiya O‘zbekistonda energetika va suv xo‘jaligiga sarmoya kiritishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining Mowah kompaniyasi vitse-prezidenti Faysal al-Rayyes bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Tadbirda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida energetika, suv xo‘jaligi va qurilish yo‘nalishidagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dipmissiya rahbari Saudiya vakilini O‘zbekistonda investitsiya va savdo-iqtisodiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, ularning faoliyati uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishtirdi.

Mowah kompaniyasi vitse-prezidenti joriy yil 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun kelishini ma’lum qildi.

Saudiyalik investor safar davomida Farg‘ona shahridagi issiqxonalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, energetika va suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Top