Samarqandda ötayotgan Özbekiston iqtisodiy forumi doirasida birinçi yalpi majlis bölib ötdi. Unda Ukrainadagi uruşning mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri mavzusi ham muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Özbekiston – rivojlanayotgan, qarz oluvçi davlat”

Jamşid Qöçqorov, boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri:
— Hozirda murakkab bir davrda yaşayapmiz. Geosiyosiy vaziyatning yomonlaşişi sababli global bozorlarda va ta’minot zanjirlarida uzilişlar kuzatildi. Oziq-ovqat narxlari oşdi. Jahon bankidagi hamkasblarimiz bilan birgalikda, uşbu holatning Özbekistonga ta’sirini ham muhokama qildik.
Biz uçun birinçi darajada xavotirli vaziyat – oziq-ovqat narxlarining oşişi bilan boğliq edi. Köplab mamlakatlarda oziq-ovqat çeklovlari örnatildi. Bugungi kunga kelib vaziyat ança yaxşilandi, qöşnilarimiz va savdo hamkorlarimiz bilan bu murakkab jarayonda birgalikda harakat qildik.
Dastlab Rossiyadan pul ötkazmalari hajmining tuşib ketişidan xavotir bölgan edi, ammo bunday bölmadi. Umumiy holatimizni yaxşilaş uçun qöşimça imkoniyatlarni örganib çiqyapmiz.
Ilğor rivojlangan davlatlar ham retsessiya xavfi haqida gapirmoqda. Özbekiston – rivojlanayotgan, qarz oluvçi davlat. Hozirgaça 3,7 foiz obligatsiyalarimizni çiqardik. Ular ikkilamçi bozorda 8,5 foiz marja bilan sotilmoqda. Bu ham biz uçun yaxşi körsatkiç. Özbekiston ham jahon iqtisodiyotining bir qismi, bölayotgan jarayonlardan çetda tura olmaymiz.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosiy aloqalarni ham yaxşilaşi zarur”

Jihod Azur, Xalqaro valuta jamğarmasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori:
— Joriy yilda oziq-ovqatning qimmatligi va mavjudligidan taşqari, uni sotib oliş ham muammoga aylandi. Jahonda yuz berayotgan buhronlar barça mamlakatlarga öz ta’sirini ötkazdi. Şu sababdan qanday qilib örta muddatli istiqbolda vaziyatni yaxşilaş mumkinligi böyiça işlayapmiz. Buning uçun tuzilmaviy islohotlar kerak. Ta’minot manbalarini difersifikatsiya qilib, qöşimça manbalar topişga harakat qilinişi zarur.


















