Joriy yilning 31 oktyabr sanasida Valdorf (Germaniya) şahrida UzAuto va dunyodagi eng yirik qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqaruvçi John Deere Walldorf GmbH & Co şu’ba korxonasi örtasida hamkorlik şartnomasini imzolaş marosimi bölib ötdi. U qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasidagi ilğor bilimlar, tajriba va nou-xauga ega.
John Deere kompaniyasiga 1837 yilda asos solingan bölib, u qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş böyiça jahonda yetakçi hisoblanadi. Kompaniyada 75 mingdan ortiq xodim işlaydi. 2021-yil yakuniga köra, kompaniyaning sof daromadi 44 mlrd. AQŞ dollarini, sof foyda esa 6 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan. Kompaniya tomonidan R&D’ni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi, birgina, 2021 yilning özida taxminan 2 mlrd AQŞ dollariga teng xarajat bölgan.
Imzolangan şartnoma doirasida tomonlar Özbekiston Respublikasida John Deere savdo belgisi ostida qişloq xöjaligi texnikasini yiğuv işlab çiqariş va realizatsiya qilişni taşkillaştiriş borasida hamkorlikni kelişib olişdi. Bu UzAutöni Markaziy Osiyo mintaqasida John Deere texnikasini işlab çiqariş böyiça yagona hamkorga aylantiradi. Bu UzAutöni Markaziy Osiyo mintaqasida John Deere texnikasini işlab çiqariş böyiça yagona hamkorga aylantiradi.
UzAuto tomonidan avtomobilsozlik korxonalarini boşqarişning yuqori samaradorligi, şuningdek, qişloq xöjaligi maşinasozligi klasteri transformatsiyasining natijadorligi Özbekiston uçun manfaatli şartlar asosida hamkorlik örnatişga imkon yaratdi.
Tomonlar 6140 V rusumli traktorlar va W430 rusumli don yiğiş kombaynlarini yiğuv işlab çiqarişni 25-30%gaça mahalliylaştiriş darajasi bilan taşkillaştiriş töğrisida kelişib olişdi. Bundan taşqari, 2026 yildan boşlab, Özbekistonda John Deere paxta teriş kombaynining yangi modelini yiğuv işlab çiqariş özlaştiriladi.
Yuqorida sanab ötilgan modellarni Çirçiqda yaratilgan AgroTechClaster işlab çiqariş quvvatlarida yiğuv işlab çiqarişni taşkillaştiriş böyiça kelişuvga erişilgani munosabati bilan, komponent va butlovçi qismlarni işlab çiqarişda nou-xau va tovar belgilaridan foydalaniş uçun eksklyuziv huquqlar taqdim etiladi. Özbekistonda John Deere qişloq xöjaligi texnikasining tanlangan modellari savdosi (jumladan, import) uşbu korxonaga topşiriladi.

Bu klasterga John Deere qişloq xöjaligi texnikasini yiğuv işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun işlab çiqariş maydonçasini zarur standartlar asosida modernizatsiya qiliş imkonini beradi va kelgusida tanlangan mahsulotni xorijga eksport qiliş imkoniyatini ta’minlaydi. Birinçi bosqiçda mahalliy işlab çiqarişga mansub texnikaning ma’lum modellari eksportini Turkmaniston va Tojikistonga amalga oşirişni kelişiş rejalaştirilmoqda.
















