«UzSungwoo» zavodida Markaziy Osiyodagi yagona qaynoq ştamplaş yöli bilan töliq avtomatlaştirilgan metallni qayta işlaş sexini taşkillaştiriş Chevrolet Tracker va Onix modellari uçun qiymati $19 mln.ga teng 20 turdagi butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş imkonini beradi. Yangi liniyani işga tuşiriş natijasida «UzSungwoo» yillik işlab çiqariş hajmi $95 mln.ga yetadi.

Loyiha davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Respublikada işlab çiqarişni rivojlantirişning samarali tizimini yaratiş va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş böyiça qöyilgan topşiriqlar doirasida «Özavtosanoat» AJ tomonidan amalga oşirildi. «Özavtosanoat»ning «UzSungwoo» MÇJ QKning işlab çiqariş quvvatlarida qiymati $10 mln.ga teng “Metallni issiqlik bilan qayta işlaş” loyihasining amalga oşirilişi bugungi kunda yangi mahsulotlarni işlab çiqariş va iqtisodiyot tarmoqlari böyiça mavjud quvvatlarni kengaytiriş borasidagi loyihalar qatoridan joy oldi.
Eng yangi texnologiyalar asosida loyihalaştirilgan «UzSungwoo» metallni issiqlik bilan qayta işlaş yangi liniyasi Schuler, Prima Power, Benteler va Aotto kabi dunyoning yetakçi işlab çiqaruvçilari kompaniyalarining metallni kesiş, qaynoq presslaş va lazerda kesiş uskunalari bilan jihozlangan. Korxonada yangi liniya işga tuşirilişi natijasida qöşimça 120 ta iş örni yaratilib, 2,4 mln. metall buyumni işlab çiqariş ta’minlangan.
Iqtisodiyotni rivojlantiriş bevosita işlab çiqarişning ösişiga boğliq. Özbekistonda navbatdagi öziga xos yuksak texnologik va ilmiy asosga ega işlab çiqarişni taşkillaştiriş, şubhasiz, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşirişga va eksportning barqaror ösişiga xizmat qiladi. Bundan taşqari, ilgari Özbekistonga import qilingan mahsulotni işlab çiqariş imkoniyati boşqa sohalarda ham importni qisqartiriş uçun şaroit yaratadi.
Avtomobilsozlik sanoatining köp qirraliligini hisobga olib, aytiş mumkinki, yangi işlab çiqariş texnologiyalari yuqori darajali mutaxassislarga bölgan talabni oşiradi va yoş avlodga köplab yönalişlar böyiça sifatli ta’lim oliş uçun rağbat vazifasini ötaydi. Zamonaviy işlab çiqariş, şuningdek, oliy toifali muhandislar sonining oşişi, texnika fanlari hamda xalqaro standartlarga muvofiq boşqaruv madaniyati rivojlanişiga turtki beradi.

Ta’kidlaş kerakki, Özbekiston avtomobil sanoatida mustahkam öringa ega «UzSungwoo» korxonasi, mana, 10 yildirki, yurtimizda işlab çiqarilayotgan avtotransport vositalari, şuningdek, Rossiya, Meksika, Braziliya va Koreyadagi yirik avtozavodlar uçun 300 nomdagi ştapmlangan va payvandlangan butlovçi qismlarni yetkazib beradi.
















