1 noyabr kuni Taxiatoş tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xöjaligi rahbaridan firibgarlik yöli bilan 100 mln söm pul olgani holati böyiça jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasiga tayanib, ÖzAning xabar berişiça, jinoyat işi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25, 211-moddasi (pora beriş) 2-qismi bilan qözğatilgan.

Tergovni Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi olib bormoqda.

Ilhom Matkarimov 2020 yil iyunidan buyon Taxiatoş tumanini boşqarib kelmoqda. U 2018—2020 yillarda Möynoq tumani prokurori bölgan.

  • Oktyabr oyi oxirida Urganç tumani hokimi örinbosari 43 ming dollar pora bilan uşlangan edi.
  • Hozirda Surxondaryoning Termiz şahri va Muzrabot tumani sobiq hokimlari, şuningdek, Qarşi şahrining sobiq hokimi ustidan tergov ketyapti.