7 noyabr kuni e’lon qilingan mazkur Nizom bilan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati va uni tasarruf etish tartibi belgilanmoqda. Hujjatga amal qilish davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati quyidagicha belgilanmoqda:
- davlat fuqarolik xizmatining barcha siyosiy guruhi, daraja va lavozimdagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun – barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan (bugungi kunda 1,5 million so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Taqdim etilgan sovg‘aning miqdori belgilangan miqdordan oshgan taqdirda, oshgan qismi xodim tomonidan davlat tashkilotiga to‘lash orqali sovg‘ani tasarruf etishi mumkin bo‘ladi.
Loyihada hukumat qarori bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxslar bundan mustasno ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilariga taqdim etilgan sovg‘a mehmon tomonning ramzlari va logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alar baholanmasligi va uni xodim o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi belgilanmoqda.
Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilinadigan sovg‘a:
- O‘zbekistonning qonunchilik hujjatlari va davlat organining ichki idoraviy hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi;
- ixtiyoriy, aniq bir sabab, voqea munosabati bilan qabul qilinishi va taqdim etilishi hamda mazkur belgilangan miqdordan oshmasligi va hashamat predmeti bo‘lmasligi;
- sovg‘ani qabul qilish yoki taqdim etish natijasida biror bir tarafning shaxsiy manfaatdorligi, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga olib kelmasligi, xususan, xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi;
- sovg‘a xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda ochiq va oshkora qabul qilinishi va taqdim etilishi, davlat organi obro‘-e’tiboriga putur yetishiga olib kelmasligi;









