JÇ-2022 boşlanişiga 11 kun qoldi. Bugundan turnir favoritlari haqida söz yuritamiz. Taniştiruvni eng köp marta çempionlikni qölga kiritgan Braziliya milliy jamoasidan boşlaş mantiqan töğri böladi. Ustiga-ustak, ğoliblikka da’vogarlardan hozirça faqat «pentakampeonlar» yakuniy tarkibni e’lon qilişdi.

FIFA reytingidagi örni — 1
JÇ-2022ga yöl — 14 ğalaba, 3 durang, 0 mağlubiyat, töplar nisbati — 40:5
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar — Neymar (8)
JÇdagi eng yaxşi natijasi — çempionlik (1958, 1962, 1970, 1994, 2002)
Tarkib
Braziliya milliy jamoasining yakuniy 26 kişilik qaydnomasidan quyidagi futbolçilar örin oldi.
Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Ederson («Mançester Siti»), Ueverton («Palmeyras»);
Himoyaçilar: Aleks Sandro, Bremer, Danilo (barçasi – «Yuventus»), Aleks Telles («Sevilya»), Dani Alves («Pumas»), Eder Militao («Real»), Markinos («PSJ»), Tiago Silva («Çelsi»);
Yarimhimoyaçilar: Kazemiro, Fred (ikkisi ham – «Mançester Yunayted»), Everton Ribeyro («Flamengo»), Fabino («Liverpul»), Lukas Paketa («Vest Hem»), Bruno Gimaraes («Nyukasl»);
Hujumçilar: Antoni («Mançester Yunayted»), Gabriel Martinelli, Gabriel Jyezus (ikkisi ham – «Arsenal»), Neymar («PSJ»), Pedro («Flamengo»), Rafinya («Barselona»), Rişarlison («Tottenhem»), Rodrigo, Vinisius Junior (ikkisi ham – «Real»).
Çaqirilganlarning deyarli yarmi (12) APLda töp tepadi. «Real», «MYu» va «Yuventus»dan 3 nafardan öyinçi taklif qilingan.
Saralaş mobaynida jalb etilgan Roberto Firmino («Liverpul»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Mateus Kunya («Atletiko»), Emerson Royal («Tottenhem»), Renan Lodi («Nottinghem Forest») kabi futbolçilar mundialga yöl olgan tarkibdan tuşib qolişdi. Filippe Koutino («Aston Villa») esa jarohat sabab turnirni ötkazib yuboradigan böldi.
Tarkibdagi eng yoşi katta futbolçi — Dani Alves. Meksika çempionatida harakat qilayotgan 39 yoşli qariya agar JÇda maydonga tuşsa, milliy jamoa rekordini yangilaydi. Hozirça Braziliya safida uşbu turnirda öynagan eng yoşi katta futbolçi Jalma Santosdir — 37 yoş, JÇ-1966da.























