Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva ayrim mutasaddilar tomonidan öqituvçilarga nisbatan bölayotgan munosabatni qoraladi.

“Öqituvçilarni xuddi yigirma yil oldingi kabi yana xonadonlarni aylanib çiqişga va öquvçilar röyxatini tuzişga majbur qilişayotgani haqida eşitib, juda xafa böldim.

Men öqituvçilarga bölgan munosabatni qayta körib çiqiş öta zarur deb hisoblayman va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklaşni bas qilişlarini sörab qolaman.

Öqituvçilarning asosiy vazifasi — farzandlarimizga bilim beriş orqali mamlakatimiz kelajagini ta’minlaşdir.

Buning özi juda murakkab vazifa. Ta’lim yönalişida şundoq ham muammolar ğij-ğij bölib turganida, ustiga-ustak öqituvçilar gardaniga yana qandaydir qöşimça vazifalar yuklaş — bu endi ortiqça.

Öqituvçilarni ortiqça işlarga majbur qiliş nafaqat maktabga, balki Özbekiston kelajagiga ham zarar yetkazadi.

Men barça mas’ul şaxslardan uşbu muammoni imkon qadar tezroq hal qiliş va öqituvçilardan dars berişdan boşqa barça vazifalarni ozod qilişini sörayman.

Hozir mamlakatimizda ta’lim birinçi raqamli ustuvor masaladir. Biz öqituvçilarga tekin xizmatkor xodim sifatida qaraşga barham berişimiz şart. Ular jamiyatning eng hurmatli va ardoqli qatlamiga aylanişi, buning uçun barça birdek harakat qilişi zarur deb hisoblayman. Zero faqat ta’lim, faqat öqituvçilar yordamidagina biz taraqqiyotga erişa olamiz. Farzandlarimiz kelajagi ularning hayotda öz örnini topişlari uçun ham ustozlarimizni e’zozlaşimiz şart!” deydi Saida Mirziyoyeva.