Özbekiston karate Milliy federatsiyasidagi «jang». Kim haq-u kim nohaq?
|12:50 / 02.10.201881 36713 min
Özbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti Nurxon Nafasov nega tez fursatda işdan olindi? Işdan olinayotgan vaqtida uning qonuniy vakili nega navbatdan taşqari konferensiyaga kiritilmadi? Konferensiyani ötkazişda Adliya vazirligi röyxatidan ötgan federatsiya nizomiga amal qilinganmidi? Milliy olimpiya qömitasi karate federatsiyasi prezidentiga Osiyo öyinlari uçun akkreditatsiya bermagani rostmi? Ungaça federatsiyaga rahbarlik qilgan şaxslar mahalliy tölov badallarini kirim qilmay özlaştirgani haqidagi ma'lumotlar qançalik haqiqat?
Joriy yilning 26 sentabr kuni Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati Özbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi ötkazilgani va Alamjon Mullayev taşkilotning yangi rahbariga aylangani haqida xabar qildi.
Xabarda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qömitasi a'zolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar va terma jamoa a'zolari iştirok etişgani aytilgandi. Lekin 12 yillik tanaffusdan söng, şu yilning may oyida federatsiya rahbari etib saylangan Nurxon Nafasov qisqa vaqt içida lavozimini tark etişi sababi noma'lumligiça qolgandi.
«Kun.uz» muxbiri Özbekiston karate Milliy federatsiyasining sobiq va hozirgi rahbariyati bilan boğlandi hamda Nurxon Nafasovning ofisi joylaşgan hududda böldi. U iş joyida jamoasi bilan işlaşda davom etmoqda.
Özbekiston karate Milliy federatsiyasi sobiq boş kotibi, Osiyo çempioni va xalqaro toifadagi sport ustasi Otabek Qosimovning aytişiça, Federatsiyaning navbatdan taşqari konferensiyasi nizom talablariga zid ravişda ötkazilgan.
Jumladan, Nizomning V bölim 39-moddasiga köra, Özbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyalari federatsiya prezidenti taklifi bilan rayosat tomonidan yoki uning öz taşabbusi yoxud taftiş komissiyasining taşabbusi asosida çaqiriladi. Navbatdan taşqari konferensiyalar ikki oylik muddatda çaqirilişi mumkin.
Otabek Qosimovning sözlariga köra, 25 sentabr kuni «Özbekiston karate Milliy federatsiyasi ijroçi direktori» N.Iminov nomidan Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga 26 sentabr kuni navbatdan taşqari konferensiya ötkazilişiga amaliy kömak beriş söralgan, soxta muhr va eski blank qoğozida yozilgan xat jönatilgan.
Mavzuga oid
Vaholanki, nizomda ijroçi direktor, ijro qömitasi lavozimlari vakolatli şaxs yoki organ sifatida körsatib ötilmagan.
Özbekiston karate Milliy federatsiyasi nizomi V bölim 40-moddasida «Konferensiya qarori oçiq ovoz beriş yöli bilan konferensiya işida delegatlarning kamida 2/3 qismi qatnaşayotgan taqdirda iştirok etayotgan delegatlarning oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi», deyilgan. Biroq 26 sentabr kungi navbatdan taşqari konferensiyaga faqat bir neça viloyat federatsiyalari rahbarlari kelişgan.
«Bu holatda öz-özidan qaror qabul qiliş vakolati bölmagan», deydi Otabek Qosimov.
Karate federatsiyasi nizomi V bölim 41-moddasi talablariga köra, ötkaziladigan konferensiyalarga amaldagi prezident rahbarlik qilişi belgilangan. Lekin 26 sentabr kungi konferensiya amaldagi prezident Nurxon Nafasovsiz ötkazilgan. Uning qonuniy vakili A.Mamatovning konferensiyaga kiriş uçun urinişlari «qöriqçilar»ning qarşiligiga uçragan.
Yangi rahbariyat va Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matjonov aynan Nurxon Nafasov masalasi körilayotganda uning özi kelişi lozimligi aytsada, vakilini jönatgani va vakil konferensiya iştirokçilari röyxatida yöqligini iddao qilmoqda. Quyidagi videoda vakil işonçnoma asosida borsada, içkariga kiritilmayotganiga guvoh bölişingiz mumkin.
Karate federatsiyasi nizomi V bölim 42-moddasida «Federatsiya prezidenti sifatida konferensiyada qatnaşayotgan delegatlarning yarmidan köproğining ovozini olgan nomzod e'tirof etiladi», deyilgan. Biroq Otabek Qosimovning ta'kidlaşiça, yangi prezidentni saylaş vakolatiga ega bölgan delegatlar tarkibida kvorum mavjud emasdi, viloyatlardan ham vakillar kvorum darajasida çaqirilmagandi, çaqirilganlarning aksariyati kelmagan.
Konferensiyada federatsiya prezidenti örniga boşqa rahbar tayinlaş masalasi körilsayu, konferensiya u yoki uning vakilisiz bölib ötsa? Buni qanday tuşuniş mumkin? Nega konferensiya iştirokçilari Nurxon Nafasovning hisobotini eşitişmadi? Nega vaziyat tegişli taşkilotlar tomonidan çuqur tahlil etilmadi? Yoki arizalar asosida ham rahbar işdan olib taşlanişi mumkinmi?
Jasur Matjonovning aytişiça, u bir neça bor Nurxon Nafasovga aloqaga çiqqan. U yiğilişga juda köpçilik yiğilgani, bu yiğilişda dunyo reytingidagi örni pastlab ketgan karate federatsiyasi muammosi körilişi şart bölgani haqida aytmoqda. Ta'kidlanişiça, Nafasovning masalasi körilayotganida uning özi şaxsan qatnaşişi lozim edi. Matjonov Nafasovga özi kelişi kerakligini qayta va qayta takrorlagan. Biroq Nafasov kela olmasligini aytgan va telefonini öçirgan.
«Yiğilişga viloyatlardan ba'zi federatsiya prezidentlari yoki ularning qöl qöyişga imkoni bor şaxslari kelgan», deydi Olimpiya qömitasi boş kotibi.
Konferensiyada bir neça karateçi öz fikrlarini bildirişgan. Ulardan biri Şaxboz Ahatov Nurxon Nafasov Osiyo öyinlarida qatnaşişiga qarşi bölgani va ruhiy bosim ötkazganini bildirgan. Aynan şu sportçi Jakartada medal ololmagan. Ruhiy bosim ötkazilgani yoki bunday bölmagani masalasini sud hal qiladi.
Tafsilotlarga köra, konferensiya boşlanişi bilan prezident, vitse-prezident va boş kotib yiğilganlar tomonidan bir ovozdan saylangan. Özbekiston karate Milliy federatsiyasining boş murabbiyi, şef referisi va bir qator murabbiylar Nurxon Nafasovni Osiyo öyinlarida yetarli natijaga erişa olmaslikda ayblagan.
Farğona viloyat karate Milliy federatsiyasi va Milliy olimpiya qömitasi vakili Jasur Matjonov ham Nurxon Nafasovning işlariga salbiy baho berib ötgan.
Rahbariyati yangilangan karate Milliy federatsiyasi boş kotibi Kamoliddin Xodjiniyazov bilan intervyu ötkazilganida, u Nurxon Nafasovning prezidentlik faoliyati tugatilişiga öz izohini berib ötdi. «Joylardan prezidentlar va sportçilardan kelgan arizalarga köra, musobaqalarga tayyorgarlik qoniqarli darajada olib borilmagan. Birinçidan, sportçilarning jahon reytingi tuşib ketgan. Sadriddin Saymatov bunga misol. U ön ikkinçi öringa tuşib ketgan. Ularga yetarli e'tibor berilmadi», deydi yangi karate Milliy federatsiyasi boş kotibi.
Milliy olimpiya qömitasi xabarida konferensiyada Adliya vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan vakillar qatnaşgani haqida aytilgandi. Bu ma'lumot asosida «Kun.uz» va boşqa mahalliy saytlar xabar tarqatdi. Avvaliga, qömita sayti xabarida «Adliya vazirligi vakillari qatnaşgani» haqida jumla bölgan. Konferensiyada olingan videoda ham moderator ikkala taşkilotdan ham vakillar qatnaşayotganini e'lon qilgan. Ayni vaqtda bu yozuvlar xabardan yöqolib qolgan. Keyin ma'lum bölişiça, konferensiyada Adliya vazirligidan ham, Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan ham vakil yöq edi.
Bu holatga Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matjonov va karate federatsiyasining yangi boş kotibi Xodjiniyazov izoh berdi. Ularning aytişiça, taşkiliy masalalarda xatolik ketgan. Ular xat asosida taklif qilingan bölgan, biroq çaqirilganlar «zarur işi çiqib qolgani» tufayli kela olişmagan.
Ma'lum qilinişiça, Nurxon Nafasov prezidentlikka saylangaç, jamoasi bilan arxivdagi barça hujjatlarni qonuniy tekşiruvdan ötkaza boşlagan.
Viloyatlardan olingan ma'lumotlarga köra, eski rahbariyat tomonidan 12ta viloyat va Qoraqalpoğiston Respublikasidan 2016-2017 yilgi mavsumda ötkazilgan Özbekiston çempionati va Özbekiston kubogi musobaqalarida iştirok etiş uçun badal pullari yiğilgan. Bu mablağlar federatsiyaning sobiq rahbarlari tomonidan federatsiya hisob varağiga kirim qilinmasdan özlaştirib yuborilgani aniqlangan. Umumiy mablağ miqdori 400 mln 920 ming sömni taşkil etgan. Agar bir yilda (!) özlaştirilgan summaning özi şunça bölsa, endi bu miqdorni neçadir yillarga köpaytiring.
«Bu holat avval tekşirilgan, öşanda öz tasdiğini topmagan. Rostdan şunday bölsa, bunça mablağni kim yöq qilgan bölsa, u albatta jazosini oladi», deb izoh bergan federatsiya boş kotibi Xodjiniyazov.
«Kun.uz» bilan suhbatda Nurxon Nafasov viloyatlardan töplagan ma'lumotlarga asoslanib karate federatsiyasining joylardagi rahbarlari badallarni öz vaqtida tölab kelişgani, tölovlar asosan naqd pul körinişida bölgani haqida gapirgan.
Otabek Qosimovning ma'lumotiga köra, sobiq rahbarlar qatorida N.Iminov (federatsiya ijroçi direktori, garçi bu lavozim nizomda körsatilmagan bölsa ham) va Alamjon Mullayev (federatsiyaning yangi prezidenti) ham bölgan. Sayt tahririyatida barça viloyatlar karate federatsiyalari qaçon va qançadan badal tölagani haqidagi ma'lumotlar bor (bu ma'lumotlarni Nurxon Nafasov Kun.uz’ga taqdim etgan).
Köpçilikka ma'lum, şu yilning avgust-sentabr oylarida Jakartada Osiyo öyinlari bölib ötdi. Nurxon Nafasov qisqa muddat - uç oy içida şogirdlarini öyinlarga tayyorlaşdi. Şogirdlari medallar bilan qaytdi.
Tartibga köra, musobaqaga federatsiya prezidentlari ham boradi. Ularga Olimpiya qömitasi tomonidan akkreditatsiya beriladi. Akkreditatsiya avvaliga Nurxon Nafasovga ham berilişi nazarda tutilgan. Lekin turnirga ikki kun qolganida noma'lum sabablarga köra, unga akkreditatsiya berilmagan. U zudlik bilan Osiyo olimpiya qömitasiga xabar qilgan va u yerdan akkreditatsiya jönatişgan. Natijada, u öz hisobidan Indoneziyaga borib kelgan.
Bunga Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi öz munosabatini bildirib ötdi: «Atay berilmagan» degan iddao yolğon. Bu masalani Osiyo olimpiya qömitasi hal etadi. Ularda röyxat şakllantiriladi. Ular esa özlari berişgan».
«Bundan taşqari, Nurxon Nafasovga musobaqa uçun Osiyo öyinlaridan avval 18 kişiga pul ajratilgan. Lekin u musobaqaga 8 sportçini tayyorlagan. Professional sportçilarni oddiy yotoqxonaga joylaştirgan. Yetarli e'tibor bermagan», deydi Jasur Matjonov.
Nurxon Nafasov bu ayblovga ham öz munosabatini bildirdi.
«Musobaqada odam qança köp bölsa, özaro ziddiyat kuçayadi. Men buning oldini olişim kerak edi. Şuning uçun kamroq sportçi tanlab oldim. Qolgan mablağni tiyinigaça qaytarganman», deydi u.
«Men prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev boşlagan islohotlarni karateda ham davom ettirmoqçi edim. Sen Özbekistondagi tirik «karate afsonasisan» deb federatsiyaga olib kelgan insonlar bugun oyoğimga bolta urişdi. Qisqa davr içida 140dan ortiq maktabgaça ta'lim muassasalarida va 275dan ortiq alohida tögaraklar joriy qilsam-u bular meni eşitmay, işni xolis körib çiqmay özboşimçalik bilan işdan böşatişsa. Qani adolat? Men-ku özimga mahkamman. Qonunlarni yaxşi bilaman. Menga şunday işlarni qilişmoqdami, demak boşqa oddiy kişilar bilan böladigan işlarni tasavvur qiliş mumkin. Alloh doim meni qöllagan. Bu işda ham qöllaşiga işonaman. Prezidentimizdan davlat rahbari sifatida bunday adolatsizliklarga barham berilişida amaliy yordam körsatişlarini sörab qolaman. Mening hali öylagan rejalarim köp va ularni amalga oşirişim kerak», deydi Nurxon Nafasov.
Biz bu masalada federatsiyaning yangi prezidenti Alamjon Mullayevning ham fikrini bilişga urindik. Ammo u bilan boğlanişning iloji bölmadi.
Nurxon Nafasov Markaziy Osiyoda karate böyiça qora belboğ 6-dan sohibi bölgan ilk va yagona sportçidir. U 1996-2006 yillar oraliğida federatsiya prezidenti bölgan. Bu davrda juda köplab çempionlar yetişib çiqqan. Respublika böylab karate bilan şuğullanuvçilar soni 70 mingdan ortib ketgandi.
Prezident adolatga xizmat qiliş lozimligini doim takrorlamoqda va bu çaqiruvga labbay deb javob berişimizni kutmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlardan yuqorida qayd etilgan qonun buziliş deb tahmin qilinayotgan holatlarini sinçiklab örganib, tegişli çoralar körilişida amaliy kömak sörab qolamiz. Qonunni buzganlar jazosini olişi lozim va lobuddir. Qonun himoyaçilari şahar bedarvoza emasligini körsatib qöyişlariga işonç bildiramiz.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasidan 2016-2017 yillarda hududlardan musobaqalarda iştirok etiş uçun yiğilgan badallarning taqdiri böyiça, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan esa karate federatsiyasining navbatdan taşqari ötkazilgan konferensiyasi yuzasidan izoh kutib qolamiz.