Kun.uz saytida keça, 17 oktabr kuni karate böyiça Özbekiston kubogi musobaqasi vaqtida ommaviy muştlaşuv sodir bölgani haqida xabar berilgandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bu borada rasmiy ma'lumot berdi.

«2019 yil 16 oktabr kuni soat 17:00 larda Toşkent şahridagi «Universal» sport saroyida bölib ötayotgan karate böyiça ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasidagi Özbekiston kubogi musobaqasi vaqtida nizoli holat kelib çiqqan. Unda musobaqa hakami Böriyev Azizbek Eşboyeviç, Toşkent viloyati «Çempion» karate sport klubi murabbiyi Yusupov Dilşod Ma'rupoviç hamda Surxondaryo viloyati karate federatsiyasi murabbiyi Ismatullayev Abdulaziz Inoyatullayeviçlar örtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan özaro tortişuv kelib çiqqan.

Mazkur kelişmovçilik oqibatida biron bir şaxs tan jarohati olmagan. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston karate federatsiyasi rayosati yuqoridagi sport mutaxassislariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinladi. Tekşiruv yakuniga köra, Özbekiston karate federatsiyasi hakami Böriyev Azizbek ikki yilga hakamlik faoliyatidan çetlaştirildi. Şuningdek, Surxondaryo viloyati karate federatsiyasi murabbiyi Ismatullayev Abdulaziz uç yilga, Toşkent viloyatidagi «Çempion» karate sport klubi murabbiyi Yusupov Dilşod ikki yilga murabbiylik faoliyatidan diskvalifikatsiya qilindi. Musobaqa boş hakami Qoraboyev Qosimjonga hayfsan e'lon qilindi.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holat iştirokçisi, karate böyiça Özbekiston ösmirlar milliy jamoasi katta murabbiyi Böriyev Azizbekni vazifasidan ozod qildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holatni öz nazoratiga olgan»,— deyiladi bayonotda.