Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlarida yangi tartib joriy etiladi
“Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida quyidagi tartib joriy etiladi:
- davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy, rejali va rejadan tashqari tartibda rotatsiya qilinadi;
- davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish bir davlat organi doirasida hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida amalga oshiriladi;
- davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya tartibida lavozimga tayinlanganda tanlov o‘tkazilmaydi;
- rotatsiya tartibida lavozimga tayinlangan davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar va tegishli kompensatsiyalar belgilanadi;
- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari monitoringini olib boradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda agentlik 2023 yil 1 aprelga qadar “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi” dasturiy-apparat kompleksi tarkibidagi hrm.argos.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish jarayonini elektron yuritish imkoniyatini yaratadi.
Belgilanishicha, rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar, yashash va transport xarajatlari o‘rnini qoplash davlat budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi
Jahon | 12:04
-
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?
O‘zbekiston | 11:55
-
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi
Jahon | 11:31
-
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:29
Mavzuga oid

11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi

13:22 / 03.03.2025
Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

11:40 / 22.02.2025