CBS telekompaniyasi prognoziga ko‘ra, Masto Senat uchun respublikachilar nomzodi Adam Laksaltni ortda qoldiradi.
Shu tariqa, ayni vaqtda Demokratik partiya Senatda 50 o‘rinni naqd qiladi, Respublikachilarda - 49 o‘rin kafolatlangan.
Ovoz berish natijalari hamon noma’lum bo‘lib qolayotgan yagona shtat Jorjiya. U yerda 6 dekabr kuni Senat uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.
Ammo, Jorjiyada respublikachilar nomzodi ustun kelgan taqdirda ham - Senatda o‘rinlar natijalari teng kelgan holda AQSh vitse-prezidenti - demokrat Kamala Harrisning ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Shu tariqa, sudyalar va boshqa muhim lavozimlarga tayinlashda to‘siqlar bartaraf etildi.











