Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovning sözlariga köra, özini özi band qiluvçilarga kassa apparat qöllaş majburiyligi yuklatilgani [soliq organining tadbirkorni] jazolaş metodlaridan yana biriga aylanmoqda.
«Özini özi band qiluvçilarga oid yangi tartib (VMning 806-sonli qarori) tufayli soliq qonunçiligini mantiq tark etdi. Soliq qonunçiligiga köra, özini özi band qiluvçilar soliqdan töliq ozod qilingan. Agar mehnat staji ketsin desa, ixtiyoriy ravişda 1 yilda bir marta ijtimoiy soliq – 300 ming söm tölab qöysa böladi.
Ammo qança daromad oladigan bölsa ham, soliqqa tortilmasligi belgilab qöyilgan. Ularga kassa apparati yoki terminal şart emas. Qonunçilik böyiça kassa apparat, tölov terminallarini tadbirkorlik sub’yektlariga qöllaş majburiy.

Kassa apparatlarini qöllaşdan maqsad soliqdan qoçişning oldini oliş va soliq bazasini aniqlaş. Endi özini özi band qiluvçi soliq tölamaslik imtiyozi bölib turib, kassa apparatini qöllaşi kerak. Agar qöllamasa, unga 5 million söm jarima bor, qöllasa, har oy kassa apparatining 100 ming sömlik tölovini amalga oşirişi kerak. Bundan maqsad – jarimalar sistemasini yaratiş. Menda bunday faktlar bor: sartaroşga 5 mln söm jarima tölatişgan», — deydi u.
Mutaxassisning fikriça, buyoğiga 5 mln söm jarimani tölamaslik uçun yana korrupsion metodga keng yöl oçiladi, davlat soliq tölaşdan ozod qilgan şaxslarga 2,5-3 mln sömdan terminal sotib oliş majburiyati qöyilyapti.
«Özini özi band qilgan 1 mln 200 ming şaxs bor, şunça odam kassa apparati sotib olişi kerakmi? Bu band kiritilişidan maqsad – kassa apparatini sotib pul işlaşmi?» — deya qöşimça qildi u.
















