Buxoro xalqaro aeroporti orqali pnevmatik qurol olib kirishga uringan fuqaro bojxona postida to‘xtatib qolingan. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Moskva-Buxoro aviareysi orqali Rossiyadan uchib kelgan fuqaro X.J. bojxona nazoratining “yashil yo‘lagi”dan o‘tayotgan paytida xodimlarda shubha uyg‘otadi va tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada, yo‘lovchi yonida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan “PM49” rusumli pnevmatik sport quroli, uning gaz balloni va 500 dona o‘qi borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.











