Joriy yil noyabr oyi boşida Özbekistonning Malayziyadagi diplomatik vakolatxonasi kömagida 10 ming qadoqdan ortiq muzlatib quritilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari Malayziya bozorlariga ilk bor eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Şu yil avgust oyida Malayziyada özbek mahsulotlari şourumi oçiliş marosimi çoğida bu haqdagi  kelişuvga erişilgan edi. Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida röyxatdan ötgan MÇJ va Malayziyaning Izdihar Souk Sdn Bhd örtasida imzolangan şartnomada mamlakatda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini uşbu davlatga yetkazib beriş közda tutilgan.

Brend ostida muzlatib quritilgan qovun, anjir, örik va jami yetti xil turdagi mahsulotlar Malayziya bozorlariga eksport qilindi.

Izdihar Souk Sdn Bhd kompaniyasi tijorat işlari böyiça  direktori Reymond Çong özbek mahsulotlari Malayziya yirik savdo tarmoqlarida, mamlakatning Lazada va Shopee ommabop elektron savdo platformalari orqali ham sotilişini bildirdi. Mahsulotlar keyingi turkumini 2023 yil yanvar oyida yetkaziş rejalaştirilgan.