Prezident farmoyişi bilan Saida Şavkatovna Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi ijro etuvçi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, uşbu şu’ba yangidan tuzilgan bölib, Prezident administratsiyasi rahbarining jamoatçilik fikrini örganiş va axborot siyosati uçun mas’ul örinbosari tizimi tarkibiga kiradi.

Şuningdek, Saida Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borişini ham nazorat qiladi. 

Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvçisi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.

Köp yillar davomida turli sohalarda, şuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining örinbosari bölib işlagan. 2020 yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş fondi vasiylik kengaşi raisining örinbosari lavozimida edi.

«Uning faoliyati davomida söz erkinligini ta’minlaş, vazirlik va idoralarning oçiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etiş, madaniyat sohasini rivojlantiriş va gender tenglik masalalari böyiça köplab loyihalar amalga oşirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.