Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va Xovos transport prokuraturasi hamkorligida yöl infratuzilmasi obektlarida qonunbuziliş holatlarini aniqlaş yuzasidan tezkor tadbirlar olib borilgan.

DXX xabariga köra, «Sirdaryo yöllardan muntazam foydalaniş» unitar korxonasi sobiq mansabdor şaxslari tomonidan 2018-2021 yillarda avtomobil yöllarini ta’mirlaş uçun ajratilgan budjet mablağlari, işçi xodimlar iş haqlari va rağbatlantiriş pullari - jami 1 mlrd 006 mln 792 ming 703 söm talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan hamda unitar korxona sobiq rahbari “X.O.”, sobiq boş hisobçisi “S.Ş.”, sobiq hisobçisi “X.S.”, sobiq bölim boşliği “M.Ş.” va yana 10 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, sud idoralariga yuborilgan.

Jinoyat işlari böyiça Sayxunobod tuman sudi hukmiga köra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qiliş, axloq tuzatiş işlari hamda qonunçilikda belgilangan boşqa jazo turlari tayinlandi. 

Talon-toroj qilingan 1 mlrd 006 mln 792 ming 703 sömdan 767 mln 753 ming 402 sömi sud va tergov davrida davlat foydasiga undirilgan, qolgan 239 mln 039 ming 301 sömi Majburiy ijro byurolariga majburiy tartibda undiriş uçun yuborilgan.