Germaniya Yevropa Ittifoqining yangi missiyasi - EU Military Assistance Mission (EUMAM) Ukraine doirasida ukrainalik askarlarni tayyorlaşni boşlayapti. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, 2023 yilning iyuniga qadar 5 mingga yaqin harbiy xizmatçini turli könikmalarga örgatiş rejalaştirilgan.
Kristin Lambrextning ta’kidlaşiça, ukrainalik askarlar Germaniyada «turli joylarda» öqitilişi kerak, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan u Bundesverning qaysi bazalarida ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasi uçun EUMAM Yevropa Ittifoqining maxsus öquv missiyasi boşlanganini e’lon qilgandi. Bu qaror YeIga a’zo davlatlar tomonidan rekord vaqt içida qabul qilindi, dedi YeI boş diplomati Jozep Borrel Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida.
Kamida 15 000 nafar ukrainalik harbiyni asosiy tayyorgarlikdan ötkaziş uçun möljallangan missiya Polşada 2022 yil noyabr oyi oxirigaça öz işini boşlaydi, dedi Borrel. Uning ta’kidlaşiça, köplab Yevropa Ittifoqi davlatlari unda iştirok etiş niyatida. Ular orasida, masalan, Ruminiya, Irlandiya, Slovakiya bor, bu haqda uşbu mamlakatlar taşqi işlar vazirlari Bryusseldagi uçraşuv arafasida ma’lum qildi.
«Missiyaning maqsadi Ukrainaga xalqaro tan olingan çegaralar doirasida öz hududiy yaxlitligini himoya qiliş, suverenitetini samarali amalga oşiriş va harbiy harakatlarni samarali ötkaziş uçun Ukraina Qurolli kuçlari jangovar qobiliyatini oşirişga hissa qöşişdir», — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengaşi bayonotida.
















